Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada ayollar huquqini himoya qiluvchi shelter faoliyat boshladi
31 oktyabr kuni Farg‘ona shahrida ayollar va qizlar (shu jumladan ularning bolalari) uchun xavfsiz panoh, huquqiy-psixologik yordam va reabilitatsiya xizmatlarini taqdim etuvchi yangi shelter ishga tushdi. Loyiha BMTTD tomonidan «Mehrjon» NNT hamkorligida, Ombudsman apparati, Adliya vazirligi va mahalliy hokimiyat hamda Finlandiya hukumatining moliyaviy ko‘magi bilan amalga oshirildi.
BMTTD ma’lumotiga ko‘ra, yangi shelter jabrdiydalar uchun xavfsiz muhit yaratadi, kompleks ijtimoiy, huquqiy va psixologik xizmatlar, shuningdek, reabilitatsiya hamda jamiyatga qayta integratsiya dasturlarini taklif etadi. Markaz Farg‘ona vodiysida gender zo‘ravonlikka qarshi tizimli javob choralarini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Ochilish marosimida BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fudjii davlat idoralari va fuqarolik jamiyatining hamkorligi ahamiyatini qayd etdi. Ombudsman Feruza Eshmatova esa gender zo‘ravonlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlariga e’tibor qaratdi va barqaror hamkorlikni davom ettirish zarurligini ta’kidladi.
Loyiha BMTTDning «O‘zbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlash» yo‘nalishi doirasida amalga oshirilmoqda, moliyalashtirish Finlandiya hukumati ko‘magi hisobidan ta’minlangan.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026