Iqtisodiyot | 11:23 / 01.11.2025
2053
1 daqiqa o‘qiladi

Narxlar oktyabrda 0,6 foizga oshdi, o‘tgan yilga nisbatan inflatsiya pasaydi

Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil oktyabr oyida iste’mol sektoridagi tovar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,6 foizga qimmatlashdi. Yillik INI - 107,8 foiz, bu 2024 yil oktyabridagi 110,2 foizdan 2,5 foiz punktiga past.

Oktyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari +0,9 foiz, nooziq-tovarlar +0,4 foiz, aholiga ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar +0,3 foizga oshdi

Inflatsiyaga eng katta ta’sir ko‘rsatgan pozitsiyalar quyidagilar bo‘ldi:

  • oziq-ovqat: pomidor (+61,0 foiz), bodring (+58,2 foiz), baqlajon (+11,3 foiz), bulg‘or qalampiri (+10,6 foiz), tarvuz (+7,0 foiz), qovun (+4,6 foiz), mandarin (+4,2 foiz), tovuq tuxumi (+4,1 foiz), uzum (+3,6 foiz), banan (+2,3 foiz), mol go‘shti (suyaksizdan tashqari) (+1,7 foiz), qo‘y go‘shti (+1,6 foiz), paxta moyi (+1,0 foiz), kungaboqar moyi (+0,7 foiz), birinchi navli bug‘doy uni (+0,4 foiz).
  • nooziq-tovarlar: qimmatbaho metallardan nikoh uzuklari (+5,2 foiz), propan (+3,3 foiz), benzin (+1,5 foiz), sement (+1,2 foiz).

Qo‘mita hisob-kitoblarida respublika bo‘ylab 10 mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida qayd etilgan 195 mingga yaqin narx kuzatuvi qo‘llandi. Jami 420 turdagi oziq-ovqat/nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari monitoring qilindi.

Mavzuga oid