Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvada migrantlar patenti narxi ko‘tariladi
Mosgorduma navbatdan tashqari yalpi majlisda migrantlar uchun mehnat patenti narxini 2026 yilda 8,9 ming rubldan 10 ming rublga oshirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Yangilanish mehnat bozoridagi mintaqaviy koeffitsiyentning 2,8592 dan 2,9323 ga ko‘tarilishi bilan izohlandi.
Tushuntirish xatiga ko‘ra, 2025 yilda Moskvada migrantlar uchun patent qiymati oyiga 8,9 ming rubl etib belgilangan, bu mehnat bozori xususiyatlarini aks ettiruvchi koeffitsiyent 2,8592 asosida hisoblangan edi. 2026 yilda ushbu koeffitsiyent 2,9323 etib belgilanishi natijasida patent narxi oyiga 10 000 rublga yetadi. Qadam mehnat migrantlari an’anaviy jalb etiladigan tarmoqlarda o‘rtacha ish haqi o‘sishi bilan asoslanadi.
Hujjat poytaxt soliq qonunchiligini takomillashtirish va uni federal normalarga muvofiqlashtirishga qaratilgan bo‘lib, qator imtiyozlar muddatlari ham uzaytirildi.
Korxonalar mulk solig‘i: agrooziq-ovqat klasterlari boshqaruv tashkilotlari uchun imtiyoz 2035 yil 31 dekabrgacha uzaytirildi (soliq yukini 2 barobarga kamaytirish shaklida).
Savdo yig‘imi: kitob, gazeta-jurnal savdosi, kinoteatr, teatr, muzey, planetariy, sirklardagi savdo, “Pechat” ixtisoslashgan nostatsionar savdo obektlari, diniy tashkilotlar savdosi, shuningdek, parikmaxerlik va go‘zallik salonlari, kir yuvish va tozalash, kiyim-kechak ta’miri, poyabzal va teridan buyumlar, soatlar va zargarlik buyumlariga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun 2030 yil 31 dekabrgacha imtiyoz (yig‘imdan ozod qilish) saqlanadi.
Imtiyozlar amal qilish muddatlari endilikda bevosita imtiyozni o‘rnatuvchi normalarning o‘zida belgilanadi.
Transport solig‘i bo‘yicha mahalliy ishlab chiqarilgan samolyotlar uchun amal qilayotgan imtiyoz (hisoblangan soliq summasining 1 foizini to‘lash) 2024 yil 1 yanvardan oldin ishlab chiqarilgan rusumlarga ham kengaytiriladi.
Shu bilan birga, bir qator boshqa soliq imtiyozlariga texnik aniqliklar kiritilishi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
08:51
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026