Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Eron o‘zaro tezkor ma’lumot almashishni kuchaytiradi
Tehron shahrida, IHTga a’zo mamlakatlar ichki ishlar vazirlari yig‘ilishi doirasida, O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Rahmatullayev Eron ichki ishlar vaziri Iskandar Momeni bilan uchrashdi. Tomonlar xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytirish va tezkor ma’lumot almashuvini kuchaytirish yuzasidan kelishuvga keldi.
“Dunyo” AA ma’lumotiga ko‘ra, muloqot avvalida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari oxirgi paytlarda izchil kengayib borayotgani ta’kidlandi. Suhbatda terrorizm, uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar noqonuniy aylanmasi, kiberxavfsizlik va migratsiya bilan bog‘liq xatarlarga qarshi kurashishda idoralararo hamkorlikni institutsional darajada mustahkamlash muhimligi qayd etildi.
Tomonlar vazirliklar o‘rtasida tashkil etilgan xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh faoliyatini davom ettirishga kelishib oldi. Birinchi uchrashuv Tehronda muvaffaqiyatli o‘tgani qayd etilar ekan, mazkur formatdagi ikkinchi yig‘ilishni joriy yil dekabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazish taklifi ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida Eron tomoni vakillariga O‘zbekistonga tashrif buyurib, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishish taklifi bildirildi. Tomonlar tezkor ma’lumot almashish kanallarini kengaytirish, qo‘shma o‘quv-taktik mashg‘ulotlar va tajriba almashuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy qadamlarni ishlab chiqishga kelishdi.
Mavzuga oid
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
10:45 / 08.06.2026
Tramp Eron bo‘yicha yangi shartlarni ochiqladi
09:20 / 08.06.2026
Eron va Isroil zarbalar almashdi
00:39 / 08.06.2026