Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tish rangiga eng ko‘p ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar aytildi
Stomatologning so‘zlariga ko‘ra, pomidor, rezavorlar va sharbatlarda turli kislotalar miqdori yuqori bo‘ladi. Ular tish emalini yemiradi va mayda yoriqchalar paydo bo‘lishiga olib keladi.
Foto: Depositphotos
Pomidor, choy, qahva, rezavorlar va meva sharbatlaridagi bo‘yovchi moddalar tish emali rangiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda britaniyalik stomatolog Hanna Kinsella Daily Mail nashriga bergan intervyusida aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pomidor, rezavorlar va sharbatlarda turli kislotalar miqdori yuqori bo‘ladi. Ular tish emalini yemiradi va mayda yoriqchalar paydo bo‘lishiga olib keladi.
«Pomidorda antosian va tanin pigmentlari ko‘p bo‘ladi. U tish emaliga tez yopishadi va tish rangini o‘zgartiradi», — dedi Kinsella.
Stomatologning aytishicha, malina va qorag‘at hamda choy va qahva tarkibida kuchli bo‘yovchi moddalar mavjud. U shuningdek, sharbatlar, ayniqsa, apelsin va anor sharbatlarini kamroq ichishni tavsiya qildi.
«Choy va qahva taninga boy. Tanin o‘simliklarga sariq va jigarrang tus beradi. U tish emalini qoraytiradi. Choy va qahvadan butkul voz kechishning imkoni yo‘q, ammo ularga sut qo‘shib ichish tishda dog‘lar paydo bo‘lishining oldini oladi», — dedi u.
Mavzuga oid
23:01 / 29.09.2025
To‘kilgan tishlarni o‘stiruvchi dori 5 yildan keyin chiqishi mumkin
11:45 / 06.12.2024
Lordan stomatologga: tish davolatishga kelgan bemor shifokor shilqimligiga uchradi
15:50 / 02.11.2024
O‘zbekiston stomatologlari Ispaniyada ilg‘or implantologiya texnologiyalarini o‘zlashtirdi
15:34 / 22.04.2024