Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple iOS 26.1 versiyasini chiqardi. Nima yangiliklar bor?
Apple o‘zining barcha tizimlari uchun yangilanish chiqardi - iOS 26.1, iPadOS 26.1, macOS 26.1, watchOS 26.1 va tvOS 26.1 versiyalari endi barqaror holatda taqdim etildi.
Foto: Apple
Yangilanishlar barcha mos qurilmalarga bosqichma-bosqich tarqatilayotgani ma’lum qilindi. iPhone va iPad egalari uchun eng qiziqarli yangiliklar bilan tanishing!

Liquid Glass effektni sozlash
Apple yangi shaffof oynasimon dizaynni bir necha marta o‘zgartirgach, foydalanuvchilarga uni qo‘lda boshqarish imkoniyatini berdi.
Endi ikki xil uslub mavjud:
· “Shaffof” — avvalgi holat;
· “Bir xil rangli” — ko‘zga yumshoqroq ko‘rinish.
Sozlama yo‘li: Sozlamalar → Ekran va yorqinlik → Liquid Glass.
Kamera harakatini o‘chirish
iOS 26.1ʼda endi blokirovka ekranida chapga siltab kamerani ochish funksiyasini o‘chirib qo‘yish mumkin.
Bu yangilik ayniqsa iPhone 16 va undan yangi modellari uchun foydali, chunki ularda alohida Camera Control tugmasi mavjud.

Budilnikni siltab o‘chirish
Endi budilnikni o‘chirish uchun oddiy bosish emas, balki chapdan o‘ngga siltash talab qilinadi — bu eski iOS blokirovka uslubini esga soladi.
Bu o‘zgarish foydalanuvchini xatolik bilan butunlay o‘chirib qo‘yishdan himoya qiladi.

Apple Musicʼda treklarni siltab almashtirish
Endi musiqa pleyerda qo‘shiqlarni oson almashtirish mumkin:
· Keyingi trek — chapdan o‘ngga siltash,
· Oldingi trek — o‘ngdan chapga siltash.

iPadOSʼda Slide Over qaytadi
Endi iPad foydalanuvchilari yana ilovani boshqa oynalar ustida ochish va tezda yopish imkoniyatiga ega.
Buning uchun oynaning yashil tugmasini bosib turing va “Slide Over” rejimini tanlang.
Apple Intelligence uchun yangi tillar
Endi sun’iy intellekt funksiyalari quyidagi tillarda ham ishlaydi: daniya, golland, norveg, portugal, shved, turk, xitoy va vetnam.
AirPods 4, Pro 2 va Pro 3 modellari uchun Live Translation funksiyasi esa endi yapon, koreys, italyan va xitoy tillarida ham ishlaydi.
Fon xavfsizlik yangilanishlari
Yangi “Background Security Improvemens” funksiyasi orqali tizim muhim xavfsizlik yangilanishlarini fon rejimda avtomatik o‘rnatadi.
Agar istasangiz, bu jarayonni o‘chirib, yangilanishlarni qo‘lda boshqarish ham mumkin.
Boshqa mayda o‘zgarishlar:
· “Umumiy” va “Maxfiylik” bo‘limlari sarlavhalari chapga tekslangan.
· Ish stolidagi papka nomlari ham xuddi shunday joylashadi.
· “Telefon” ilovasi klaviaturasi suyuq shisha effektiga ega bo‘ldi.
· “Ekran va yorqinlik” bo‘limida endi iOS 26 standart oboylari ko‘rsatiladi.
Apple TV ilovasi esa yangi gradiyentli ikonkaga ega bo‘ldi.
Agar siz iPhone yoki iPad foydalanuvchisi bo‘lsangiz, iOS yoki iPadOS’ning yangi versiyasini tekshirish juda oson:
Yangilanishni tekshirish yo‘li:
1. Qurilmangizda Sozlamalar (Settings) ilovasini oching.
2. Umumiy (General) bo‘limiga kiring.
3. Dasturiy ta’minotni yangilash (Software Update) bandini tanlang.
4. Tizim avtomatik tarzda yangi versiyani tekshiradi — agar iOS 26.1 mavjud bo‘lsa, u yerda “Yuklab olish va o‘rnatish (Download and Install)” tugmasi paydo bo‘ladi.
Raqamli dunyoda adashib qolmaslik va shunday yangiliklardan birinchilarday xabardor bo‘lish uchun KUN.UZ Texnologiya nomli Telegram va techno.kun.uz Instagram sahifasini kuzatib boring.
Mavzuga oid
09:53 / 17.11.2025
Apple’ga $634 million jarima: Masimo bilan mojaro yana avjida
14:54 / 04.11.2025
Apple Magic Mouse’ga haqiqiy raqobatchi paydo bo‘ldi
18:09 / 03.11.2025
Apple qora rangli iPhone’lardan voz kechmoqda - iPhone 18 Pro yangi tuslarda chiqadi
22:27 / 01.11.2025