Jahon | 22:49 / 04.11.2025
3737
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Lukashenko oilasining samolyotiga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi

Gap Vashington 2021 yil dekabr oyida Minskka qarshi joriy qilgan sanksiyalar haqida ketmoqda.

AQSh hukumati Belarusning «Belavia» davlat aviakompaniyasini va Aleksandr Lukashenko oilasi foydalanadigan samolyotni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqardi, deb xabar berdi AQSh Moliya vazirligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC).

Gap Vashington 2021 yil dekabr oyida Minskka qarshi joriy qilgan sanksiyalar haqida ketmoqda.

«Belavia»dan tashqari, EW-301PJ raqamiga ega Bombardier Challenger 850 samolyotidan cheklovlar olib tashlandi. Bu biznes-jyet bo‘lib, unda Belarus hukumatining yuqori martabali amaldorlari va Lukashenko oilasi a’zolari sayohat qiladi.

AQSh Moliya vazirligi, shuningdek, EW-001PA, EW-001PB va EW-001PH bort raqamlariga ega uchta samolyot bilan operatsiyalar uchun vaqtinchalik ruxsat berdi. Ular sanksiyalar ostida qolayotgan Aleksandr Lukashenko yoki «Slavkaliy» kompaniyasi bilan bog‘liq, deyiladi hujjatda.

AQSh «Belavia»ga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishi 11 sentabr kuni ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvda AQSh prezidenti vakili Jon Koul ma’lum qildi.

AQSh belaruslik siyosiy mahbuslarning katta guruhi ozod etilishiga javoban belaruslik aviatashuvchi va bir nechta samolyotlarga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi.

Mavzuga oid