Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubay amirining qarindoshi 50 mln yevro evaziga tutqunlikdan ozod qilindi
Sobiq general Afrikaning Mali davlatida o‘g‘irlab ketilgan edi. Uni ozod qilish uchun katta miqdorda pul to‘langani ta’kidlanmoqda.
Foto: Getty images
22 sentabr kuni Afrikaning Mali davlatida o‘g‘irlab ketilgan iste’fodagi general, Dubay hukmron oilasi vakili Ahmad bin Maktum bin Juma Ol Maktum, shuningdek, yana ikki nafar shaxs muzokaralardan so‘ng Azavad xalqi vakillari vositachiligida ozod qilindi. Bu haqda Sahara Media nashriga manbalar ma’lum qildi.
Garovga olinganlarni ozod qilish uchun Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan 50 million yevro to‘langani ta’kidlanmoqda.
Afrika OAV ma’lumotlariga ko‘ra, iste’fodagi general Malidagi fermaga egalik qilgan va o‘g‘irlangunga qadar shu yerda yashagan.
General va yana ikki shaxs 22 sentabr kuni mamlakat poytaxti Bamako shahridan 30 km janubda joylashgan Sanankorobo shahri yaqinida qurolli guruh a’zolari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan edi. Ularni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar so‘nggi haftalarda mintaqa yetakchisi Arabiy Valid Jyedin va Azavad xalqining nufuzli vakillari - Muhammad al-Mahriy va Said Ahmad az-Zumayliy nazoratida olib borildi. O‘g‘irlashni «Al-Qoida»ga aloqador «Jamoat nusratul-islom val-muslimin» (JNIM) guruhi amalga oshirgan.
Sentabr oyi boshidan beri guruh Senegal va Kot-d'Ivuar yo‘llarida benzin tashuvchilarga hujum qilib, mamlakatda yoqilg‘i muammosini yuzaga keltirdi, bu esa Mali poytaxti Bamakoda yoqilg‘i tanqisligi, yoqilg‘i narxining besh baravar ko‘tarilishi va elektr ta’minotida keng ko‘lamli uzilishlarga olib keldi. AQSh, Italiya va Germaniya elchixonalari o‘z fuqarolarini xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani sababli Malini zudlik bilan tark etishga chaqirdi.
So‘nggi bir yil ichida Malida qurolli guruhlar tomonidan odam o‘g‘irlash holatlari keskin ko‘paydi, bu esa Sahel mintaqasidagi jinoiy to‘dalarning asosiy daromad manbalaridan biriga aylantirdi. Reuters nashrining yozishicha, katta miqdordagi to‘lovlar Mali, Burkina-Faso va Nigerda bunday amaliyotning yanada faollashishiga yordam berishi mumkin.
Mavzuga oid
11:41 / 28.11.2025
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklikni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qildi
23:07 / 18.11.2025
O‘zbekiston milliy jamoasi xalqaro turnir finalida Eronni mag‘lub etdi
11:49 / 14.11.2025
Malida jangarilar tiktokchi qizni qatl etdi. Mamlakat poytaxti xavf ostida
23:00 / 09.11.2025