Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashkent Medical Smart City tibbiyot shaharchasi quriladi
Janubiy Koreyaning Haehan Architecture kompaniyasi ishtirokida tashkil etilgan «TMSC» kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanining 400 gektar maydonida Tashkent Medical Smart City tibbiyot shaharchasi quriladi.
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanining 400 gektar maydonida Tashkent Medical Smart City tibbiyot shaharchasi quriladi. Shu haqdagi qaror loyihasi Toshkent viloyati hokimligi tomonidan muhokama uchun e’lon qilindi.
Loyiha Janubiy Koreyaning Haehan Architecture kompaniyasi ishtirokida tashkil etilgan «TMSC» kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Bu haqda 5 mlrd AQSh dollari miqdorida bevosita xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilishi to‘g‘risida kelishuvga erishilgan.
Loyihaga ko‘ra, ajratilgan yer maydonida yirik tibbiyot muassasasi, shoshilinch tibbiy yordam markazi, Koreyaning xalqaro tibbiyot universiteti filiali, tibbiyot yo‘nalishdagi xalqaro maktab va maktabgacha ta’lim muassasasi, Koreya uslubdagi kvartali (madaniy, tijoriy va ovqatlanish ko‘chasi, turistik obektlar va x.k.), biznes va savdo markazi, mehmonxonalar, ko‘p qavatli uy-joy majmuasi qurilishi ko‘zda tutilgan.
Loyiha 2025−2034 yillarda amalga oshiriladi. Bunda belgilangan investitsiya mablag‘larining to‘liq o‘zlashtirish va obektlarni foydalanishga topshirish hamda 7000 dan ortiq yangi ish o‘rnini yaratish rejalashtirilgan.
Qayd qilinishicha, dastlab yer uchastkalaridagi mavjud daraxt va butalar to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi. Loyiha ostiga tushgan daraxt va butalarni ko‘chirish imkoniyati bo‘lmasa, har biri o‘rniga kompensatsiya tariqasida 30 tupdan, 3 yoshdan kam bo‘lmagan daraxt ekish majburiyati yuklanadi.
Shuningdek, investorlar va ularning loyiha kompaniyalariga ko‘chirishga ruxsat berilgan har bir daraxt o‘rniga kompensatsiya tariqasida 10 tupdan, 3 yoshdan kam bo‘lmagan daraxt va buta ekish hamda ko‘chirishga ruxsat berilgan daraxtlarni 3 yil davomida parvarishlash majburiyati yuklanadi.
Mavzuga oid
09:10
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:12 / 05.06.2026
“Toshkentni dunyodagi eng qulay shaharlardan biriga aylantiramiz” – hokim Shavkat Umrzoqov bilan suhbat
08:41 / 05.06.2026