Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
«O‘zgidromet» 5–7 noyabr kunlari havo keskin o‘zgarishi tufayli Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent hududlaridagi tog‘li joylarda qor ko‘chishi xavfini e’lon qildi.
«O‘zgidromet» 5–7 noyabr kunlari havo haroratining keskin o‘zgarishi kutilayotgani sababli tezkor ogohlantirish e’lon qildi.
Xususan, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasining tog‘lari) tog‘li hududlarda dengiz sathidan 2000 metr balandlikda qor ko‘chishi xavfi mavjud.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘ralmoqda.
Avvalroq «O‘zgidromet»hafta o‘rtasida harorat kechalari 0…–3 daraja, shimolda –5 darajagacha, kunduz kunlari +5…+10 daraja iliq bo‘lishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
11:37 / 10.07.2026
Hafta oxirida yuqori harorat saqlanib qoladi
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
12:04 / 06.07.2026
Katta Chimyon tog‘ida oyog‘i lat yegan fuqaro qutqarib qolindi
11:27 / 06.07.2026