O‘zbekiston | 13:28 / 06.11.2025
2335
1 daqiqa o‘qiladi

Qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida AQShga 3 mingdan ziyod o‘zbekistonlik bordi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar–sentabr oylarida AQShga turistik maqsadlarda safar qilgan O‘zbekiston fuqarolari soni 12 953 nafarni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,1 ming nafarga yoki 9,3 foizga ko‘p.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita qayd etishicha, hisobot davrida safarlar maqsadlari quyidagicha taqsimlangan:

  • sayohat — 9 236 nafar;
  • qarindoshlarni yo‘qlash — 3 114 nafar;
  • o‘qish — 304 nafar;
  • xizmat yuzasidan — 273 nafar;
  • davolanish — 26 nafar.

Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, AQShga boruvchilar ichida sayohat asosiy ulushni tashkil etgan, shu bilan birga qarindoshlarni yo‘qlash maqsadidagi tashriflar ham 3 mingdan ziyod darajada qayd etilgan. Umuman, 2025 yilning to‘qqiz oyida AQSh yo‘nalishi bo‘yicha o‘zbekistonliklarning xorijga chiqish faolligi o‘sish tendensiyasini saqlamoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid