Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Serbiyadan rossiyaliklarga pasport berishni cheklashni talab qilmoqda
Serbiya fuqaroligini olgan rossiyaliklar YeIga vizasiz kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi, bu esa Yevropaning xavfsizligiga tahdid soladi, deb aytildi Bryusselda. Yevropa komissiyasi avvalroq Serbiyaning YeIga integratsiyalashuvidagi taraqqiyoti haqida hisobot e’lon qilgan edi.
Yevropa komissiyasi Belgradni Serbiyaning YeIga qo‘shilishi jarayoni doirasida RF fuqarolari uchun vizaviy siyosatni qat’iylashtirib, uni YeI talabi bilan muvofiqlashtirishga chaqirdi. 4 noyabr kuni e’lon qilingan 2025 yilga doir Serbiya bo‘yicha hisobotda qayd etilishicha, Serbiyaning vizaviy siyosati YeIning qaysi uchinchi mamlakatlar fuqarolariga kirish vizasi talab etilishi belgilab qo‘yilgan ro‘yxatiga faqat qisman mos keladi.
Bryussel fikricha, rossiyaliklarga Serbiya fuqaroligini berish amaliyoti va shu orqali ularning YeIga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘lishi YeI xavfsizligi uchun potensial xatarlar tug‘diradi. Shu bilan birga, Rossiya fuqarolariga pasport berishni cheklash talabi yangi a’zolarni qabul qilishga oid YeIning siyosatini belgilaydigan Kengaytirish chora-tadbirlar paketiga kiritilgan.
Bryussel Serbiyaning Rossiyaga qarshi YeI sanksiyalariga qo‘shilmaganini qayd etdi. Belgrad YeI Kengashining ayrim qarorlarini, jumladan Rossiya harakatlarini qoralovchi bayonotlarni qisman qo‘llab-quvvatlagan, biroq “Moskva bilan yuqori darajadagi aloqalarni saqlab qolgan va G‘arbga qarshi propaganda unsurlari mavjud ritorikani davom ettirgan”, deya ma’lum qildi Yevropa komissiyasi.
Yevropa Ittifoqida Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning Rossiya rahbariyati bilan “aloqalar”i ham e’tiborga olindi. Xususan, Bryussel uning 9 may kuni Moskvadagi paradda ishtirok etgani va RF prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazganini eslatdi.
YeIning kengaytirish bo‘yicha komissari Marta Kosning ta’kidlashicha, ko‘plab boshqa nomzod davlatlardan farqli o‘laroq, Serbiya islohotlar va demokratlashuv jarayonini sekinlashtirgan. Shuningdek, serb parlamenti samaradorligi “kamdan-kam yig‘ilishlar” va “haqiqiy siyosiy muhokamalarning yo‘qligi” sabab pasaygani qayd etildi.
Xuddi shu kuni YeIga a’zo bo‘lishga nomzod boshqa davlatlar bo‘yicha ham shunga o‘xshash hisobotlar e’lon qilindi.
Mavzuga oid
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
08:35 / 06.06.2026
Serbiyada og‘ir vaziyatda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026