Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YuNeSKO sessiyasi doirasida O‘zbekiston–Ukraina muloqoti bo‘lib o‘tdi
YuNeSKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida O‘zbekiston TIVning birinchi o‘rinbosari Bahrom A’loyev Ukraina TIV o‘rinbosari Maryana Betsa bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar ikki tomonlama munosabatlar va xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni muhokama qildi.
Foto: “Dunyo” AA
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston–Ukraina munosabatlarining dolzarb yo‘nalishlari, qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlari hamda xalqaro tuzilmalar maydonida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama etildi.
Maryana Betsa YuNeSKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi Samarqand shahrida o‘tkazilganini yuqori baholab, bu tadbir O‘zbekistonning xalqaro muloqot markazi sifatidagi mavqeini yana bir bor tasdiqlaganini ta’kidladi.
Uchrashuv yakunida tomonlar konstruktiv muloqotni davom ettirish, amaliy hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish va xalqaro platformalarda o‘zaro hamjihatlikni chuqurlashtirishga tayyor ekanini bildirdi.
Mavzuga oid
15:42 / 07.02.2026
Estoniya Rossiyadan urush ishtirokchilarini Shengenga kiritmaydi
15:10 / 07.02.2026
Ukraina - Germaniyadan qurol-yarog‘ olayotgan eng muhim qabul qiluvchi davlat
14:14 / 07.02.2026
Stefanchuk: Rossiya muzokara jarayonini cho‘zmoqda
15:49 / 06.02.2026