Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Ekvador bilan JSTga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
Prezidentning JST bo‘yicha vakili Azizbek Urunovning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni doirasida Ekvador bilan ikki tomonlama muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladi. «Ishlar davom etmoqda - oldinda JSTning yana ikkita a’zosi turibdi», - deya yozdi u LinkedIn’dagi sahifasida.
O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni doirasida Ekvador bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda Prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunov ma’lum qildi.
Urunovning qayd etishicha, muzokaralarni yakunlash to‘g‘risidagi bayonnoma 6 noyabr kuni imzolangan.
«Ekvador tomoniga konstruktiv muloqot va qo‘llab-quvvatlash uchun samimiy minnatdorlik bildiraman. Biz bu jarayonga to‘liq ishonamiz va birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan faxrlanamiz. Ishlar davom etmoqda — oldinda JSTning yana ikkita a’zosi turibdi», — deb yozdi u LinkedIn’da.
Avvalroq, O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni doirasida Kanada va Panama bilan ham ikki tomonlama muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
21:20 / 06.05.2026
Prezident O‘zbekistonning JST a’zosi bo‘lish jarayonini jadallashtirishni buyurdi
13:19 / 08.04.2026
Saida Mirziyoyeva: AQSh investorlarining O‘zbekistonga qiziqishi oshib bormoqda
23:05 / 18.03.2026