Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya Rossiya aktivlarini doimiy muzlatib qo‘yishni taklif qildi
Bryussel YeIdagi Rossiya mablag‘larini doimiy «muzlatib qo‘yib», ulardan tushadigan daromadni Ukrainaga ko‘makni moliyalashtirishga yo‘naltirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu sxemadan voz kechish YeI uchun yiliga 5,6 mlrd yevro qo‘shimcha xarajat keltirishi qayd etilgan.
Foto: European Union 2025 - Source : EP
Yevropa Ittifoqida muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanishning asosiy sharti – ularni doimiy tarzda «muzlatib qo‘yish» va hozirgi olti oylik muddatlardan uzoqroq bloklashga imkon beradigan huquqiy mexanizm yaratishdir. Bu haqda 7 noyabr kuni The Financial Times (FT) Yevrokomissiya hujjatiga tayanilgan holda xabar berdi.
YeK Ukrainaga yordamni moliyalashtirish maqsadida Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan foydalanishdan voz kechish oqibatlari yuzasidan hisobot tayyorladi. Hujjat dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan YeI rahbarlari sammiti oldidan a’zo davlatlarga yuborilgan.
Unda qayd etilishicha, agar ikki yil ichida Belgiyadagi Euroclear depozitariyida bloklangan mablag‘larning bir qismidan foydalanish rejasi amalga oshmasa, ittifoq davlatlari yo birgalikda qarz olishni kelishib, milliy budjetlar qarz yukini oshirishi, yoki Ukrainaga umumiy 140 mlrd yevro miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri grant ajratishi kerak bo‘ladi.
Yevrokomissiya bahosiga ko‘ra, har ikki variant ham qo‘shimcha xarajatlarga olib kelib, ayrim mamlakatlar kesimida defitsit va qarz darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Birgalikda olingan qarz YeI mamlakatlariga yiliga taxminan 5,6 mlrd yevro tushadi: shundan Fransiya deyarli 1 mlrd yevro, Italiya 675 mln yevro atrofida, Belgiya esa taxminan 200 mln yevro to‘laydi.
YeKning ta’kidlashicha, 140 mlrd yevro miqdoridagi zayom moliya bozorlarida qo‘shimcha ta’sirlar yuzaga keltirishi va YeI odatdagi zayomlarini joylashtirish stavkalariga ta’sir qilishi mumkin. Shuningdek, bunday qaror ittifoqning boshqa dasturlari uchun «qo‘shimcha bilvosita xarajatlar»ni ham keltirib chiqarishi ehtimoli bor.
Bundan oldin Belgiya rasmiylari Rossiya aktivlari hisobidan 140 mlrd yevro kredit ajratish taklifini mamlakat iqtisodiyoti uchun ehtimoliy oqibatlar va Moskva tomonidan kutilayotgan javob choralari xavfi sabab rad etgan edi. Bryussel, shuningdek, bunday mablag‘lardan foydalanish Euroclear’ning xalqaro depozitariy sifatidagi obro‘sini susaytirishi mumkinligidan ogohlantirgan.
Moskva esa bir necha bor xorijdagi aktivlaridan har qanday foydalanishni «o‘g‘rilik» deb atagan. BMT Bosh Assambleyasi 2022 yilda Ukrainaga yetkazilgan zararni qoplash zarurligi haqida rezolyutsiya qabul qilganidan so‘ng, Kreml hujjatning huquqiy kuchi yo‘qligini aytib, uning mualliflarini Rossiya aktivlarini «talon-toroj qilishga urinishda» ayblagan.
Mavzuga oid
23:00 / 04.12.2025
Amerika delegatsiyasi Zelenskiy bilan uchrashuvni bekor qilgan - OAV
15:46 / 04.12.2025
Rossiyada Roblox o‘yin platformasi bloklandi
14:59 / 04.12.2025
Ryutte: Ukraina hamkorlari Rossiyaga bosimni davom ettirishi kerak
13:47 / 04.12.2025