Sog‘lom hayot | 19:19 / 09.11.2025
1554
1 daqiqa o‘qiladi

“103” xizmatida “Online-shifokor” konsultatsiyalari tizimi joriy etiladi

Qayd etilishicha, kelgusida tizimni raqamlashtirish jarayoni yanada jadallashadi. Sohada qo‘llanilayotgan elektron dasturlar shifoxonalar hamda birlamchi tizim muassasalari bilan integratsiya qilinadi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

2026 yilda “103” xizmatida aholi uchun “Online-shifokor” konsultatsiyalari tizimi joriy etiladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda qayd etilishicha, kelgusida tizimni raqamlashtirish jarayoni yanada jadallashadi. Sohada qo‘llanilayotgan elektron dasturlar shifoxonalar hamda birlamchi tizim muassasalari bilan integratsiya qilinadi.

Vazirlikning bildirishicha, sohada elektron boshqarish tizimi ishga tushirildi hamda buning uchun 2,4 ming nafar dispetcher o‘qitildi.

“Natijada murojaat manzillariga kechikishlar soni 1,1 foizdan 0,3 foizga kamaydi. Tez tibbiy yordam brigadalarining chaqiruvga o‘rtacha yetib borish vaqti 25-30 daqiqadan 10-15 daqiqaga qisqardi”, deyiladi xabarda.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid