Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BBC bosh direktori Trampning nutqi soxtalashtirilgani tufayli iste’foga chiqdi
Avvalroq The Telegraph sobiq jurnalist Maykl Preskott tomonidan yozilgan va Bi-bi-si direktorlar kengashiga yo‘llangan memorandumni chop etgandi. Preskottning ta’kidlashicha, telekompaniya Trampning 2021 yil 6 yanvarda Kapitoliyga hujum oldidan so‘zlagan nutqini soxtalashtirgan.
Bi-bi-si bosh direktori Tim Devi va News bosh direktori Debora Terness iste’foga chiqdi, deb xabar berdi Daily Mail.
Bu AQSh prezidenti Donald Trampning nutqini soxtalashtirib, tomoshabinlarni chalg‘itgan BBC Panorama hujjatli filmiga nisbatan tanqidlar ortidan yuz berdi.
Avvalroq The Telegraph sobiq jurnalist Maykl Preskott tomonidan yozilgan va Bi-bi-si direktorlar kengashiga yo‘llangan memorandumni chop etgandi. Preskottning ta’kidlashicha, telekompaniya Trampning 2021 yil 6 yanvarda Kapitoliyga hujum oldidan so‘zlagan nutqini soxtalashtirgan.
Memorandumda aytilishicha, efirda o‘sha kungi voqealar xronologiyasi buzib ko‘rsatilgan va prezidentning nutqi mazmuni haqida yolg‘on taassurot hosil qilingan.
Foto: Getty Images
Shundan so‘ng AQSh prezidentining matbuot kotibi Kerolayn Levitt The Telegraph nashriga bergan intervyusida Bi-bi-sini «so‘l targ‘ibot mashinasi» va «soxta OAV» deb atadi.
2021 yil 6 yanvar kuni, Tramp saylovlarda mag‘lub bo‘lganidan ikki oy o‘tgach, uning tarafdorlari Kapitoliy binosiga bostirib kirishgandi. Bu yerda saylovlarda Jo Bayden g‘alaba qozonganini tasdiqlash uchun kongress yig‘ilishi o‘tkazilishi kerak edi. O‘shanda to‘qnashuvlar oqibatida besh kishi halok bo‘ldi,140 nafar politsiyachi jarohatlandi.
Ushbu voqeadan so‘ng Trampga qarshi bir nechta jinoyat ishlari ochildi va u prezidentlikka saylanganidan so‘ng bu ishlar yopildi.
Mavzuga oid
08:52 / 04.12.2025
Tramp: Putin kelishuv tuzishni va «normal hayotga qaytishni» istayapti
15:57 / 03.12.2025
Maduroning imkoniyatlari tugadi. Uning Tramp bilan telefon muloqoti haqida nimalar ma’lum?
21:10 / 02.12.2025
Tramp 5 soatda ijtimoiy tarmoqda 160 dan ortiq post joyladi
08:12 / 30.11.2025