Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda eng kam - 489 ta: hududlar kesimida kutubxonalar
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda 14 999 ta kutubxona faoliyat yuritadi. Hududlar ichida eng ko‘p kutubxona Farg‘onada (2 108 ta), eng kami esa Navoiyda (489 ta).
Foto: Kun.uz
Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat kutubxonalari fondi 85 mln nusxa nashrdan iborat. Foydalanuvchilar soni 12,8 mln kishi: shularning 31,6 foizi — 14 yoshgacha, 45,9 foizi — 15–24 yoshdagilar, 22,6 foizi — 25 yosh va kattalar.
Hududlar kesimida kutubxonalar soni quyidagicha:
- Farg‘ona viloyati — 2 108 ta;
- Samarqand viloyati — 1 863 ta;
- Qashqadaryo viloyati — 1 476 ta;
- Toshkent viloyati — 1 467 ta;
- Surxondaryo viloyati — 1 159 ta;
- Andijon viloyati — 1 065 ta;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 934 ta;
- Namangan viloyati — 891 ta;
- Jizzax viloyati — 868 ta;
- Buxoro viloyati — 764 ta;
- Xorazm viloyati — 688 ta;
- Toshkent shahri — 701 ta;
- Sirdaryo viloyati — 526 ta;
- Navoiy viloyati — 489 ta.
Statistikaga barcha ta’lim muassasalari kutubxonalari, mahalliy hokimiyatlar axborot-resurs markazlari hamda vazirlik va idoralarga qarashli axborot-kutubxona markazlari kiritilgan.
Mavzuga oid
11:30 / 04.12.2025
O‘zbekistonda ta’lim olayotgan xorijliklar: eng ko‘p Hindiston va Turkmaniston fuqarolari
09:59 / 04.12.2025
Navoiy viloyati aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
10:06 / 03.12.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p safar qilayotgan davlatlar ma’lum qilindi
14:35 / 02.12.2025