Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Slovakiyada poyezdlar to‘qnashdi: o‘nlab odam jarohatlandi
Slovakiya g‘arbida ikki yo‘lovchi poyezdi to‘qnashishi natijasida 11 kishi kasalxonaga yetkazildi. Jabrlanganlarning ko‘pchiligi yengil jarohat olgan, halok bo‘lganlar yo‘q.
9 noyabr kechqurun Slovakiya g‘arbida sodir bo‘lgan ikki yo‘lovchi poyezdi to‘qnashuvida o‘nlab odam jabrlandi. Bu halokat oqibatida vafot etganlar yo‘q, 11 kishi kasalxonaga olib borildi. Qolgan jabrlanuvchilar faqat yengil ko‘karish va jarohatlar olgan.

Ma’lum qilinishicha, hodisa poytaxtdan taxminan 20 km shimolda, Sveti-Yur va Penzinok shaharlari orasida ro‘y bergan. Koshitsedan Bratislavaga harakatlanayotgan Tatran 620 poyezdi Nitra shahridan Bratislaga yo‘l olgan REX1814 poyezdi bilan to‘qnashgan. Poyezdlarda jami taxminan 800 yo‘lovchi bo‘lgan.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, poyezdlar yuzma yuz to‘qnashmagan, shuningdek, relsdan chiqib ketish holati ham kuzatilmagan. Reuters agentligi xabariga qaraganda, poyezdlardan biri ikkinchisining orqa qismiga urilgan.
Hodisaga izoh berar ekan, Slovakiya prezidenti Peter Pellegrini barcha jabrlanuvchilarga tez fursatda shifo tilab, qutqaruv xizmatlariga tezkor ishlashi uchun minnatdorlik bildirdi.

Mavzuga oid
11:55 / 04.06.2026
Chipta yetishmovchiligi va vagonlardagi sanitar holat – transport vaziri temiryo‘ldagi muammolar haqida
12:11 / 20.04.2026
9 may oldidan Estoniya Fitso samolyoti uchun havo hududini yopdi
14:15 / 01.04.2026
O‘zbekistonda poyezd tashuvchi aybi bilan kechiksa, yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘lanadi
18:27 / 31.03.2026