Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turizm statistikasi: AQShdan keluvchilar soni sezilarli oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar–sentabr oylarida AQShdan O‘zbekistonga 28,6 ming turist keldi - bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan +5,2 ming yoki +22,4 foiz ko‘p.
Foto: Milliy statistika qo‘mitasi
Dastlabki ma’lumotlar AQSh bozoridan tashriflar barqaror o‘sishini ko‘rsatmoqda. 2024 yilning mos davrida kelganlar soni taxminan 23,4 ming bo‘lgan, joriy yildagi o‘sish asosan sayohat maqsadida tashriflar ko‘paygani hisobiga kuzatildi.
Safar maqsadlari bo‘yicha taqsimot (2025 yanv–sen):
- sayohat: 23,6 ming nafar (≈82,6 foiz);
- xizmat safari: 2,4 ming nafar (≈8,4 foiz);
- qarindoshlarni yo‘qlash: 2,1 ming nafar (≈7,3 foiz);
- o‘qish: 395 nafar (≈1,4 foiz);
- tijorat: 111 nafar (≈0,4 foiz);
- davolanish: 11 nafar (≈0,04 foiz).
Izoh: ulushlar umumiy 28,6 ming kishiga nisbatan yaqinlashtirilgan hisobda keltirilgan.
Mavzuga oid
14:30 / 03.02.2026
Elchixonalarda madaniyat va turizm bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy etiladi
15:50 / 02.02.2026
Toshkent shahri BAA sarmoyasi bo‘yicha yetakchi hududga aylandi
15:32 / 02.02.2026
O‘zbekistonga koreyaliklar oqimi ko‘paydi: 46 ming tashrif
14:11 / 02.02.2026