Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
9 oyda agrosektorga investitsiya ikki barobardan ortiq oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar–sentabr oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligiga asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 39,2 trln so‘mni tashkil etdi. Bu 2024 yilning shu davridagi 18,2 trln so‘mga nisbatan ikki barobardan ortiq o‘sishdir. Sarmoyalarning asosiy qismi xorijiy investitsiya va kreditlar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Foto: Getty Images
Agrosektorda modernizatsiya, qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish va infratuzilmani yangilash loyihalari faollashdi. Moliyalashtirish manbalari tarkibida tashqi mablag‘lar ulushi oshgani qayd etilmoqda, bu esa zamonaviy texnika-texnologiyalar jalb etish va loyihalarni tezlashtirishga xizmat qilyapti.
Dinamika (yanvar–sentabr kesimida):
2021 — 11,4 trln so‘m;
2022 — 11,3 trln so‘m;
2023 — 10,2 trln so‘m;
2024 — 18,2 trln so‘m;
2025 — 39,2 trln so‘m.
Ko‘rsatkichlar 2025 yilda agrosohani qo‘llab-quvvatlash va resurslarni safarbar etish mutlaqo yangi sur’atga ko‘tarilganini ko‘rsatadi. Mahalliylashtirish, suv tejamkor texnologiyalar, logistika va saqlash infratuzilmasini rivojlantirish kabi yo‘nalishlar investitsiyalarning asosiy drayverlari bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
09:42
O‘zbekistonda eng ko‘p chaqaloq tug‘ilgan tuman va shaharlar ma’lum qilindi
09:13
Qurilish sohasida kichik korxonalar yetakchi o‘rinni egallamoqda
16:03 / 09.03.2026
Ayollar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda
15:41 / 09.03.2026