Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Siemens Energy O‘zbekiston gaz-transport tizimini elektrlashtirishi mumkin
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov bir qator xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik o‘rnatish rejalashtirilayotganini ma’lum qildi. Xususan, AQShning Honeywell kompaniyasi bilan yoqilg‘i-energetika sohasida ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish, Siemens Energy bilan gaz uzatish tizimini elektrlashtirish va tabiiy gazdan foydalanadigan dvigatellarni elektr dvigatellariga almashtirish imkoniyati ko‘rib chiqilyapti.
Foto: AP
O‘zbekiston va Siemens Energy gaz dvigatellarini elektr dvigatellariga almashtirish masalasida hamkorlik qilishi mumkin. Bu haqda energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
AQShning Honeywell kompaniyasi bilan yoqilg‘i-energetika sohasida ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Sun’iy intellektni texnologik jarayonlar va sanoatga faol joriy etish uchun Honeywell ishchi guruhi seminar ham o‘tkazadi.
Energetika vazirligi Ustyurt mintaqasida burg‘ilash sohasida Schlumberger kompaniyasi bilan faol hamkorlik qilishni, jumladan zamonaviy usul va texnologiyalarni joriy etishni maqsad qilinganini aytib o‘tdi.
Shuningdek, turli xil gaz haydash agregatlari, dvigatellar va kogeneratsiya qurilmalarini ishlab chiqaradigan Caterpillar kompaniyasining shu’ba korxonasi Solar Turbines bilan ham hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi mumkin.
Mirzamahmudov ta’kidlashicha, Siemens Energy bilan gaz uzatish tizimini elektrlashtirish va tabiiy gazdan foydalanadigan dvigatellarni elektr dvigatellariga almashtirish imkoniyati ko‘rib chiqilyapti.
Mavzuga oid
10:53 / 12.03.2026
Elektr va gazga noqonuniy ulanganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
21:04 / 10.03.2026
Yil boshidan buyon 11 ta yangi tabiiy gaz qudug‘i ishga tushirildi
14:06 / 10.03.2026
Yaqin Sharqdagi urush: Yevropada gaz narxlari yana oshdi
12:02 / 10.03.2026