Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda islomiy banklar to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
Qonunchilik palatasi islomiy banklar faoliyatini joriy etishga doir qonun loyihasini qabul qilib, Senatga yubordi. Hujjatga ko‘ra, islomiy banklar mijozlarni moliyalashtirish maqsadida savdo bitimlarini amalga oshirishi, yuridik shaxslarga ta’sischi sifatida kirishi yoki ulush/aksiya sotib olishi mumkin bo‘ladi.
11 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi islomiy banklar faoliyatini joriy etishga doir qonun loyihasini ikkinchi va uchinchi o‘qishlarda qabul qilib, Senatga yubordi.
Deputatlar loyihaning quyidagi normalarini alohida e’tirof etdi:
- litsenziyalash talabi: islomiy bank faoliyati uchun alohida litsenziya olish shartlari aniq belgilab qo‘yiladi;
- standartlar va tushunchalar: islomiy moliya operatsiyalari (murabhaa, ijara, mushoraka, mudoraba va boshqalar)ga oid huquqiy tushunchalar ochib beriladi, islomiy moliya standartlari tatbiq etiladi;
- faoliyat doirasi: banklarga mijozlarni moliyalashtirish uchun savdo faoliyatini amalga oshirish, yuridik shaxslar tashkil etish, ularning ustav fondlarida ulush/aksiya sotib olish huquqi beriladi;
- soliq tartibi: islomiy moliya operatsiyalariga mos soliq mexanizmi joriy etiladi.
Ushbu qonun islomiy bank xizmatlarini bosqichma-bosqich joriy etish, moliyaviy qamrovni kengaytirish, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
19:31 / 02.06.2026
Mikromoliya tashkilotlarining islomiy xizmatlari hajmi 8 barobarga oshdi
11:57 / 17.05.2026
Oqbo‘yradagi portlash yuzasidan Qonunchilik palatasi deputati vazirlikka so‘rov jo‘natdi
15:46 / 28.03.2026
Prezident islomiy banklar to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
20:18 / 25.03.2026