Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida qator issiqxonalarda filtr o‘rnatilmagani aniqlandi
Bosh prokuratura hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xodimlaridan iborat ishchi guruh Toshkent shahar va viloyatdagi issiqxonalar faoliyatini tekshirish bo‘yicha tungi reydlar o‘tkazmoqda. Qator obektlarda atrof-muhitga zararli tashlamalarga oid qoidalar buzilgani aniqlandi.
Tekshiruvlar davomida, jumladan, Toshkent viloyati Toshkent tumanidagi «Hasanboy guzari» MFY hamda Qibray tumanidagi «Parvoz» MFY hududida joylashgan issiqxonalar qozonxonalarida filtr o‘rnatilmagani ma’lum bo‘ldi. Bu holatlar atrof-muhitga zararli moddalar chiqarish bilan bog‘liq talablar buzilishi sifatida baholandi.

Aniqlangan qoidabuzarliklar bo‘yicha issiqxonalarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga muvofiq ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Mutasaddilar ma’lum qilishicha, o‘rganishlar davom etmoqda, qonunbuzarliklar bo‘yicha qonuniy choralar ko‘riladi.
Mavzuga oid
17:51 / 07.07.2026
“Misqollab yaratilgan Toshkent brendini yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin” – issiqxonachi muqobil yechimlar haqida
19:49 / 02.07.2026
Toshkent viloyatida issiqxonalarni demontaj qilish boshlandi
08:25 / 02.07.2026
714 tup kannabis yetishtirilgan issiqxona aniqlandi
17:19 / 11.04.2026