O‘zbekiston | 12:17 / 12.11.2025
1874
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyaning 50 yillik transplantatsiya tajribasi O‘zbekistonda joriy etiladi

Anqarada o‘tgan Yaqin Sharq organ transplantatsiyasi jamiyatining 19-kongressida o‘zbek shifokorlari Turkiyaning yarim asrlik amaliyot va protokollarini O‘zbekiston tibbiyot tizimiga joriy etish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.

Foto: "Dunyo" AA

Anqara shahrida «Turkiyada transplantatsiyaning 50 yilligi» mavzusida o‘tkazilgan anjumanda Yaqin va Uzoq Sharq, Markaziy Osiyo, Afrika, Yevropa va Amerikadan kelgan mutaxassislar transplantatsiya hamda organ donorligi yo‘nalishidagi yangiliklar, milliy tajribalar va loyihalarni muhokama qildi.

Unda Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, professor Botir Daminov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. O‘zbek shifokorlari mamlakatda tibbiyotda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’ruza qilib, turk mutaxassislari bilan Turkiyaning 50 yillik transplantatsiya tajribasini O‘zbekistonga tatbiq etish masalalarini atroflicha muhokama qildi.

Delegatsiya Anqaradagi shifoxona va universitet klinikalarida bo‘lib, nefrologiya, immunologiya, gistologiya, gemodializ va buyrak transplantatsiyasi bo‘yicha ilmiy-amaliy yangiliklar bilan tanishdi. Shuningdek, Bashkent universiteti rahbari Mehmet Haberal bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan memorandum imzolashga tayyorgarlik bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid