Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 10:34 / 13.11.2025
6056
2 daqiqa o‘qiladi
Sog‘liqni saqlash muassasalarida pulli xizmatlar tartibi tasdiqlandi
Hukumatning 2025 yil 11 noyabrdagi 718-son qarori bilan SSV tizimidagi tibbiyot muassasalarida pulli xizmat ko‘rsatish tartibini belgilaydigan nizom tasdiqlandi. Yo‘llanmasiz, o‘z ixtiyori bilan murojaat qilgan mijozlarga tibbiy yordam belgilangan tartibda pulli asosda ko‘rsatiladi, kafolatlangan paketdan tashqari xizmatlar ham qo‘shimcha to‘lovli hisoblanadi.
Foto: Freepik
Hujjatga muvofiq, quyidagi tartiblar joriy etiladi:
- yo‘llanmasiz murojaat — pulli xizmat: rejali tibbiy yordamni o‘z xohishi bilan olish uchun murojaat etgan mijozlarga tibbiy yordam pulli asosda ko‘rsatiladi;
- kafolatlangan paketdan tashqari — qo‘shimcha to‘lov: birlamchi tibbiy-sanitariya yordami doirasida davlat tomonidan bepul ko‘rsatiladigan xizmatlar bundan mustasno, qolganlari pulli xizmat sifatida rasmiylashtiriladi;
- ro‘yxatga olish va hujjatlash: mijozlarni tibbiyot muassasasi ro‘yxatga olish bo‘limi qabul qiladi va qayd qiladi; tibbiy kartaga shaxsni tasdiqlovchi ma’lumotlar asosida “pulli xizmat” belgisi kiritiladi;
- oldindan to‘lov shartlari: mijozlar tasdiqlangan narxnoma asosida oldindan to‘liq to‘lov qilgan holda qabul qilinadi;
- mutaxassisga yo‘naltirish: to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng mijoz maslahat uchun mutaxassis shifokorga va/yoki instrumental-laborator tekshiruvlarga yuboriladi;
- davolash taktikasi: tekshiruv natijalariga ko‘ra tor soha mutaxassisi ko‘rigi, shuningdek ambulator yoki statsionar sharoitda davolash chorasi belgilanadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
08:41 / 12.03.2026
Telekom va IT xizmatlari hajmi 7 trln so‘mga yaqinlashdi
08:38 / 05.03.2026
Top-300 xorijiy universitetlarga kirgan yoshlar va pedagoglar qo‘llab-quvvatlanadi
09:31 / 03.03.2026
Havo monitoringi va tozalash uskunalari o‘rnatgan korxonalar rag‘batlantiriladi
13:35 / 29.01.2026