Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijiy sarmoyali korxonalar: poytaxt va atrof hududlarda to‘planish tendensiyasi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyasi ishtirokida 17 188 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning asosiy qismi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi - 10 962 ta (63,8 foiz), keyin Toshkent viloyati - 2 174 ta (12,6 foiz).
Hududlar kesimida xorijiy sarmoyali korxonalar joylashuvi quyidagicha (kamayish tartibida):
- Toshkent shahri: 10 962 ta (63,8 foiz);
- Toshkent viloyati: 2 174 ta (12,6 foiz);
- Samarqand viloyati: 643 ta (3,7 foiz);
- Farg‘ona viloyati: 589 ta (3,4 foiz);
- Surxondaryo viloyati: 482 ta (2,8 foiz);
- Andijon viloyati: 393 ta (2,3 foiz);
- Buxoro viloyati: 351 ta (2,0 foiz);
- Navoiy viloyati: 299 ta (1,7 foiz);
- Sirdaryo viloyati: 268 ta (1,6 foiz);
- Namangan viloyati: 245 ta (1,4 foiz);
- Jizzax viloyati: 240 ta (1,4 foiz);
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 197 ta (1,1 foiz);
- Xorazm viloyati: 188 ta (1,1 foiz);
- Qashqadaryo viloyati: 157 ta (0,9 foiz).
Ma’lumotlar xorijiy sarmoya ishtirokidagi biznes sub’yektlari asosan poytaxt va unga yonma-yon hududlarda to‘planayotganini ko‘rsatadi. Bu holat logistika, qulay infratuzilma, kadrlar bozori va ichki talab hajmi kabi omillar bilan izohlanadi.
Mavzuga oid
11:30 / 04.12.2025
O‘zbekistonda ta’lim olayotgan xorijliklar: eng ko‘p Hindiston va Turkmaniston fuqarolari
09:59 / 04.12.2025
Navoiy viloyati aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
10:06 / 03.12.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p safar qilayotgan davlatlar ma’lum qilindi
14:35 / 02.12.2025