Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aliyev Ozarboyjonga yordam bergan birinchi prezident Mirziyoyev ekanini aytdi
Ilhom Aliyev O‘zbekiston prezidentini Ozarboyjonni qo‘llab-quvvatlagan dunyodagi birinchi davlat rahbari deb atadi.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Tog‘li Qorabog‘ urushi tugaganidan keyin birinchi bo‘lib yordam taklif qilgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rolini ta’kidladi.
U O‘zbekiston prezidentini Ozarboyjonni qo‘llab-quvvatlagan dunyodagi birinchi davlat rahbari deb atadi.
«O‘zbekiston Qorabog‘ mintaqasini tiklashda yordam ko‘rsatish tashabbusi bilan chiqqan birinchi davlat, prezident Mirziyoyev esa dunyodagi birinchi yetakchi bo‘ldi. Biz buni mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi birdamlik, do‘stlik, birodarlik qadami sifatida doimo yodda saqlaymiz va qabul qilamiz», dedi Aliyev.
Avvalroq, Ilhom Aliyev «O‘zbekiston – Ozarboyjon uchun qardosh mamlakat, ishonchli ittifoqchi. Bizni mushtarak ildizlar, ma’naviy qadriyatlar, til, etnik yaqinlik, boy tarixiy va madaniy meros birlashtirib turadi», degan edi.
Mavzuga oid
14:18 / 19.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev strategik sheriklikni muhokama qildi
19:05 / 14.03.2026
Jahondagi tizimning katta davlatlarga so‘zi o‘tmaydi - Eldor Aripov
22:30 / 12.03.2026
“Isroil boshqalar qo‘li bilan urushni kengaytirmoqchi” – siyosatshunoslar
17:59 / 09.03.2026