O‘zbekiston | 08:50 / 14.11.2025
1426
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda qariyb yarim million korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 noyabr holatiga O‘zbekistonda 465,9 mingta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning qariyb 85 foizini kichik korxonalar va mikrofirmalar tashkil etadi, eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda qariyb yarim million korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatmoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 1 noyabr holatiga mamlakatda 465,9 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shundan 395,8 mingtasi yoki 84,9 foizi kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu O‘zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o‘rni yuqori ekanini ko‘rsatadi.

Faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni bo‘yicha top-5 hudud quyidagicha:

  • Toshkent shahri – 106 944 ta;
  • Toshkent viloyati – 45 197 ta;
  • Samarqand viloyati – 40 147 ta;
  • Farg‘ona viloyati – 37 466 ta;
  • Qashqadaryo viloyati – 29 835 ta.

Keltirilgan raqamlardan ko‘rinib turibdiki, poytaxt va aholisi zich hududlar tadbirkorlik sub’yektlari soni bo‘yicha avvalgi qatorlarda qolmoqda. 

Mavzuga oid