Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda tijorat tashkilotlarining qariyb 80 foizini MChJ tashkil etmoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 1 noyabr holatiga O‘zbekistonda 399,8 mingta tijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda. Ularning 313 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) bo‘lib, umumiy korxonalar sonining 78,3 foizini tashkil etgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning 1 noyabr holatiga O‘zbekistonda 399,8 mingta tijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.
Ularning 313 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) bo‘lib, bu umumiy korxonalar sonining 78,3 foizini tashkil etadi.
Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar soni quyidagicha taqsimlangan:
mas’uliyati cheklangan jamiyatlar – 313 043 ta (78,3 foiz);
xususiy korxonalar – 46 776 ta (11,7 foiz);
oilaviy korxonalar – 36 161 ta (9 foiz);
aksiyadorlik jamiyatlari – 632 ta (0,2 foiz);
boshqa shakldagi tijorat tashkilotlari – 3 199 ta (0,8 foiz).
Ko‘rsatkichlardan ko‘rinib turibdiki, mamlakatdagi tijorat sub’yektlarining katta qismi MChJ shaklida faoliyat yuritmoqda, xususiy va oilaviy korxonalar esa tadbirkorlik tuzilmalarida salohiyatli ulushga ega.
Mavzuga oid
12:27
2025 yilda havo transportida bir kunda o‘rtacha 26 ming yo‘lovchi tashilgan
12:06
Hududlar kesimida kiyim ishlab chiqarish: Andijon birinchi o‘rinda
15:40 / 07.02.2026
40 yoshdan keyin ota bo‘lganlar ulushi 7 foiz - statistika
13:53 / 07.02.2026