O‘zbekiston | 13:53 / 14.11.2025
2122
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdan Qozonga muntazam yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 14 dekabr kunidan boshlab 315/316-sonli «Toshkent - Qozon - Toshkent» yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdi haftasiga bir marotaba qatnovni amalga oshiradi. Poyezd tarkibi 7 ta vagondan iborat bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 342 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

Foto: O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi

«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 14 dekabr kunidan boshlab 315/316-sonli «Toshkent — Qozon — Toshkent» yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdi muntazam ravishda, haftasiga bir marotaba qatnovni amalga oshiradi.

315-sonli «Toshkent — Qozon» yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi 21 dekabr, haftaning yakshanba kuni soat 23:55 da Toshkent-Markaziy vokzalidan jo‘nab ketadi hamda chorshanba kuni Qozon temiryo‘l vokzaliga soat 13:47 da yetib boradi.

316-sonli «Qozon — Toshkent» yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi 25 dekabr, haftaning payshanba kuni soat 10:33 da Qozon temiryo‘l vokzalidan jo‘natiladi va yakshanba kuni soat 04:32 da Toshkent-Markaziy vokzaliga kirib keladi.

Poyezd tarkibi 7 ta vagondan tashkil topgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 342 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud.

Kompaniya axborotiga ko‘ra, mazkur yo‘nalishdagi muntazam qatnovlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi yo‘lovchi aloqalarini kengaytirish, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz temiryo‘l sayohatini ta’minlashga xizmat qiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid