Azerbaijan Airlines (AZAL) Bokudan Qozonga va ortga parvozlarni noma’lum muddatga töxtatdi. 8 yanvar, çorşanba kuni ijtimoiy tarmoq orqali aviataşuvçi öz qarorini Qozon ustidagi havo hududi sönggi paytlarda muntazam ravişda yopib qöyilgani bilan izohladi.
Xabarda aytilişiça, Tatariston poytaxtiga parvozlarni töxtatib turiş «parvoz xavfsizligini ta’minlaş» uçun möljallangan. «AZAL joriy vaziyatni diqqat bilan kuzatişda davom etadi va har qanday özgarişlar haqida yölovçilarni xabardor qiladi», — deyiladi kompaniya xabarida.
Qozon 2024 yil 25 dekabrda Grozniy osmonida uçuvçisiz uçoq hujumi paytida Embraer 190 samolyoti havo mudofaa tizimi tomonidan urib tuşirilgaç va Qozoğistonning Oqtov şahri yaqinida halokatga uçragaç, Azerbaijan Airlines parvozlarini töxtatgan Rossiyaning ön birinçi şahri böldi. Halokatdan köp ötmay AZAL xavfsizlik nuqtayi nazaridan Vladikavkaz, Volgograd, Grozniy, Maxaçqal’a, Mineralniye Vodi, Nijniy Novgorod, Samara, Saratov, Soçi va Ufaga parvozlarni bekor qildi.
AZAL halokati: tergovning dastlabki natijalari 30 kun içida e’lon qilinadi
25 dekabr kuni Qozoğistonning Oqtov şahri yaqinida röy bergan Azerbaijan Airlines (AZAL) samolyoti halokati böyiça tergovning dastlabki natijalari 30 kun içida e’lon qilinadi. Bu haqda 31 dekabr kuni Qozoğiston transport vaziri örinbosari Talgat Lastayev ma’lum qildi. Uning ta’kidlaşiça, bunday davr «umuman olganda, standartlarga muvofiq».
Lastayevning aytişiça, hozirda tergovning dala bosqiçi davom etmoqda — halokat joyida qulagan samolyotning bölaklari va boşqa aşyoviy dalillar yiğilmoqda. Barça aşyoviy dalillar Oqtov aeroportidagi maxsus angarda töplanadi, mutaxassislar u yerda tahlil qiladi.
Qozoğiston Transport vazirligi, şuningdek, Oqtovga xorijiy ekspertlar, jumladan, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi taşkiloti (ICAO), aviahalokatlarni tekşiriş va oldini oliş markazi (CENIPA) xodimlari kelgani haqida xabar berdi. Embraer samolyotini işlab çiqaruvçi davlat - Braziliyaga halokatga uçragan samolyotning qora qutilari mutaxassislar tomonidan ekspertiza uçun yuborildi.

















