Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kashmirdagi politsiya bo‘limida portlash: kamida 9 kishi halok bo‘ldi
Kashmirning Hindiston nazoratidagi hududida politsiya musodara qilgan portlovchi moddalar uyumi portlab ketdi. Natijada 9 kishi halok bo‘lgan va o‘nlab insonlar jarohatlangan. «Portlash shunchalik kuchli bo‘lganki, ba’zi tana qismlari 100–200 metr naridagi uylar ichidan topildi», deydi mahalliy politsiya vakili.
Foto: Reuters
14 noyabr kuni Kashmirning Hindiston nazoratidagi hududida politsiya bo‘limida musodara qilingan portlovchi moddalar uyumi portlab ketdi. AP nashrining yozishicha, natijada kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi va 32 kishi yaralandi.
Mahalliy politsiyaga ko‘ra, voqea juma kuni kechqurun Hindiston nazoratidagi Srinagarning janubida — Novgam hududidagi politsiya bo‘limida sodir bo‘lgan.
Halok bo‘lganlarning aksariyati politsiyachilar bo‘lib, ular orasida portlovchi moddalarni tekshirib ko‘rayotgan sud-tibbiy ekspertlar ham bor edi, dedi ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan Reuters manbalari. Yaralanganlarning ba’zilari og‘ir ahvolda.
«Jasadlarni aniqlash jarayoni davom etmoqda, chunki ayrimlari butunlay kuyib ketgan. Portlash shunchalik kuchli bo‘lganki, ba’zi tana qismlari politsiya bo‘limidan 100–200 metr naridagi uylar ichidan topildi», degan nashr manbasi.
Hindistonning federal boshqaruvidagi Jammu va Kashmir mintaqasi politsiya boshlig‘i tez orada ushbu hodisa yuzasidan ma’lumot berishi kutilmoqda.

Avvalroq mahalliy politsiya Novgam politsiya bo‘limida portlash yuz berganini aytgan edi. Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in butun majmua bo‘ylab tarqalgan va yong‘in o‘chirish mashinalari hodisa joyiga yetib borgan.
Bu portlash Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida sodir bo‘lgan avtomobil portlashidan 4 kun o‘tib yuz berdi. Kamida sakkiz kishi halok bo‘lgan ushbu fojiani Hindiston hukumati «terrorizm hodisasi» deb atagan edi.
Mavzuga oid
09:50
Gulistondagi portlashdan so‘ng 3 kishi qamoqqa olindi
18:29 / 04.12.2025
Gulistondagi portlashda halok bo‘lganlar oilasiga 100 mln so‘mdan beriladi
15:45 / 04.12.2025
Neft, qurol va geosiyosat. Putin nega Hindistonga davlat tashrifi bilan kelmoqda?
21:40 / 03.12.2025