Texnologiya | 14:08 / 15.11.2025
5133
2 daqiqa o‘qiladi

Pixar’dagi kabi jonli aqlli lampa endi haqiqiy robotga aylandi

AQShdagi Human Computer Lab jamoasi mashhur Pixar logotipidagi lampaga o‘xshash jonli stol roboti - LeLamp'ni taqdim etdi. Eng qiziq joyi - uni istagan odam bir necha soat ichida o‘zi yig‘ib olishi mumkin.

Foto: Pixar

LeLamp 5 ta o‘qda harakatlanadigan servomotorlar, Raspberry Pi kamerasi, mikrofon, karnay va 24 LED bilan jihozlangan. U siz ko‘rsatgan tomonga qaraydi, ovozga javob qaytaradi, hatto harakatlar qiladi — xuddi Pixar lampasining real versiyasidagidek.

Loyiha to‘liq ochiq manbali: barcha kodlar, chizmalar va yig‘ish ko‘rsatmalari GitHub’da mavjud. Robotni yig‘ish uchun kerak bo‘ladigan detallarning narxi taxminan $120 atrofida. Yig‘ish jarayoni 2 soatdan 12 soatgacha cho‘zilishi mumkin.

Startap 2025 yil kuzida $500 000 investitsiya oldi va hozir loyihaning birinchi sinov versiyalari tanlangan odamlarga yuborilmoqda.

Startap asoschisi Shaxvir Sarkari shunday deydi: “Odamlar yaqin yillarda uyiga ulkan robot emas, balki o‘ziga xos xarakterga ega kichik va xavfsiz robotlarni tanlaydi.”

Texnologiyalar tez o‘zgarayotgan bugungi kunda eng so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish muhim. Raqamli dunyoda adashib qolmaslik va shunday yangiliklarni birinchilardan bilish uchun KUN.UZ Texnologiya Telegram sahifasini kuzatib boring.

 

Mavzuga oid