Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha 17 noyabrdan Belarus bilan chegaradagi ikkita o‘tkazish punktini ochadi
Polsha Belarus bilan chegaradagi ikki chegara nazorat-o‘tkazish punktini ochadi. Gap Bobrovniki–Berestovitsa va Kuznitsa–Bruzgi o‘tkazish punktlari haqida ketmoqda. Rejaga ko‘ra, ushbu punktlar 17 noyabrdan ishlay boshlaydi. Bu haqda 14 noyabr kuni Polsha ichki ishlar va ma’muriyat vazirligining hujjatlarida aytiladi, hujjat Davlat qonunchilik markazi saytida e’lon qilingan.
Hujjatga muvofiq, Kuznitsa–Bruzgi chegara o‘tkazish punktidan faqat yengil avtomobillar harakatlanishiga ruxsat beriladi. Bobrovniki–Berestovitsa o‘tkazish punkti esa yengil avtomobillar, yo‘lovchi avtobuslar, shuningdek, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida, Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (YeAST) davlatlarida, Yevropa iqtisodiy makoni to‘g‘risidagi kelishuv ishtirokchilari hamda Shveytsariyada ro‘yxatdan o‘tkazilgan yuk tashuvchi transport vositalari uchun ochiladi.
«Rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar odamlar va tovarlar harakatini qayta tiklashga qaratilgan. Bu jamiyatning, ayniqsa, har kuni Belarus va Polsha chegarasini kesib o‘tuvchi ko‘p sonli tadbirkorlar, yuk tashuvchilar va mehnat migrantlarining talablariga javob hisoblanadi», — deyiladi Polsha Ichki ishlar vazirligi izohida.
Hozirgi paytda Belarus–Polsha chegarasidagi oltita chegara o‘tkazish punktlaridan faqat ikkitasi ochiq: yuk tashuvchi transport uchun Kozlovichi–Kukuriki va avtobuslar hamda yengil avtomobillar uchun Brest–Terespol.
Mavzuga oid
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
18:54 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Belarus bosh vaziri bilan uchrashdi
18:14 / 28.05.2026
Qozog‘istonda O‘zbekiston bilan chegara to‘g‘risidagi bitim ratifikatsiya qilindi
22:20 / 24.05.2026