Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya O‘zbekistonga 5,7 mln dollarlik mammografiya uskunalarini bepul ajratadi
Sog‘liqni saqlash vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Yaponiya hukumatining grant dasturi doirasida 2025–2026 yillarda 5,7 mln AQSh dollari qiymatidagi zamonaviy mammografiya apparatlarini O‘zbekistonga bepul yetkazib berish bo‘yicha memorandum imzolandi. Loyiha ayollarda ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligida vazir A.Xudoyorov va Yaponiyaning yangi tayinlangan elchisi K.Xirata o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani, bu jarayon ayniqsa tibbiyot sohasidagi qo‘shma loyihalarda yaqqol namoyon bo‘layotgani qayd etildi.
Xususan, Yaponiya hukumatining grant dasturi doirasida mammografiya apparatlarini yetkazib berish loyihasi sog‘liqni saqlash tizimidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam sifatida e’tirof etildi.
Mazkur loyiha 2025–2026 yillarga mo‘ljallangan bo‘lib, uning doirasida 5,7 million AQSh dollari qiymatidagi eng zamonaviy yaponiya tibbiy uskunalarini yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Muhimi, bu uskunalar grant yordami orqali, ya’ni bepul ajratiladi.
Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad — O‘zbekistonda ayollarni ko‘krak bezi saratonini erta aniqlashga qaratilgan skrining dasturlari bilan to‘liq qamrab olishdir.
Mammografiya uskunalari butun mamlakat bo‘ylab tuman tibbiyot birlashmalariga taqdim etiladi. Mazkur tashabbus prezidentning 2024 yil 21 fevraldagi tegishli farmoni bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston 2030» strategiyasiga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Uchrashuv yakunida Yaponiya hukumatining grant dasturi doirasida mammografiya apparatlarini yetkazib berish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026
Dunyodagi eng mashhur 10 ta avtomobil brendi nomi e’lon qilindi
08:33 / 04.06.2026