Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qayev: Shavkat Mirziyoyevning takliflarini qo‘llab-quvvatlayman
Qozog‘iston rahbari o‘zbekistonlik hamkasbining jahon maydonida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar sharoitida Markaziy Osiyo mintaqasini Yevrosiyoning muhim transport-logistika habiga aylantirish uchun noyob imkoniyat mavjudligi haqidagi fikriga qo‘shilgan.
Foto: Oqo‘rda matbuot xizmati
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi maslahat uchrashuvida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.
«Hurmatli prezident Shavkat Miromonovich Mirziyoyev aytganidek, jahon maydonida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar sharoitida mamlakatlarimizda mintaqani Yevrosiyoning muhim transport-logistika habiga aylantirish uchun noyob imkoniyat mavjud.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni Samarqandda YuNeSKO Bosh konferensiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabriklayman. Bu haqiqatan ham juda muhim forum.
Endilikda xalqlarimizning noyob tarixiy-madaniy merosiga asoslangan mintaqaviy o‘ziga xoslikni mustahkamlash ayniqsa muhimdir. Kecha Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘ldik. Bu ulug‘vor, betakror inshoot.
Darhaqiqat, bu ilmiy, sayyohlik, etnomadaniy loyiha bo‘lib, O‘zbekiston prezidentining Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi ushbu juda muhim sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun umumiy maydon bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikriga qo‘shilaman.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan formatimizning institutsional asoslarini mustahkamlash bo‘yicha bildirilgan takliflarni qo‘llab-quvvatlashimni bildirmoqchiman.
O‘ylaymanki, biz ushbu masalalarni ishchi tartibda muhokama qilib, tegishli takliflarni qonunchilik yoki shartnomaviy tartibda tasdiqlashga erishishimiz mumkin. So‘zim yakunida, hurmatli Shavkat Miromonovich, sizga ushbu sammitni o‘tkazish uchun ko‘rsatilgan yuksak mehmondo‘stlik va ajoyib sharoitlar uchun yana bir bor chuqur minnatdorchiligimni bildiraman», degan Qozog‘iston rahbari.
Mavzuga oid
19:30 / 04.12.2025
Qozog‘istonda 16 yoshga to‘lmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochish taqiqlanishi mumkin
09:41 / 02.12.2025
O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston chegara qoidalarini buzmaslikka chaqirildi
20:39 / 01.12.2025
Qozog‘istonda o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi
17:36 / 01.12.2025