Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Van I 19-22 noyabr kunlari Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistonda bo‘lib, tashqi ishlar vazirlari bilan strategik muloqotlar o‘tkazadi.
Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jyeenbek Kulubayev, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddinning taklifiga binoan Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I 19-22 noyabr kunlari ushbu uch davlatga tashrif buyurib, tashqi ishlar vazirlari bilan strategik muloqotlar o‘tkazadi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Ning ma’lumot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy raisi Si Jinping uch davlat yetakchilari bilan erishgan umumiy kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida tashqi ishlar vaziri Van I ushbu mamlakatlarga tashrif buyurib, hamkasblari bilan strategik muloqot o‘tkazadi. Vazirlar ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashadi.
Xitoy tomoni fikricha, tashrif «Xitoy - Markaziy Osiyo» ikkinchi sammiti yakunlari va Xitoy raisi Si Jinping va Toshkent, Bishkek, Dushanbe o‘rtasidagi umumiy kelishuvlarni to‘liq amalga oshirish imkonini beradi, siyosiy o‘zaro ishonch va an’anaviy do‘stlikni mustahkamlashga ko‘maklashadi, «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi doirasidagi yuqori darajadagi hamkorlikni chuqurlashtiradi, shuningdek, «Xitoy - Markaziy Osiyo» hamjamiyatini barpo etishga ko‘proq ijobiy hissa qo‘shadi.
Mavzuga oid
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
21:17 / 07.06.2026