Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
15 kungacha vizasiz - «Shovot-Toshhovuz» savdo zonasida bo‘lish qoidalari tushuntirildi
Xorazm viloyatining Shovot tumani va Turkmanistonning Toshhovuz viloyati o‘rtasidagi chegaraoldi savdo zonasi 17 noyabr kuni ikki mamlakat prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Serdar Berdimuhamedov tomonidan masofadan turib ochilgan edi. Tadbir Turkmaniston rahbarining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida bo‘lib o‘tdi.
«Shovot-Toshhovuz» savdo zonasi
Turkmenportal nashri savdo «Shovot-Toshhovuz» zonasi bilan bog‘liq qoidalarni tushuntirdi. Qayd qilinishicha, zonaga kirish alohida nazorat punktlari orqali tashkil etilgan. Zona chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirishga imkon beruvchi «erkin bojxona zonasi» sifatida faoliyat yuritadi. Unga 15 kungacha vizasiz kirish mumkin.
Savdo zonasining umumiy maydoni 6 gektarni tashkil etadi - chegaraning har ikki tomonida 3 gektar. Hudud alohida xalqaro kelishuv asosida kengaytirilishi mumkin. Zona 30 yilga tashkil etilgan bo‘lib, uni yanada kengaytirish imkoniyati mavjud.
Hududda chakana savdo pavilonlari, omborlar, konteyner maydonchalari va tadbirkorlar uchun ish joylari mavjud. Zamonaviy texnologiyalar yordamida tovarlarni saqlash, saralash, sotish va tashish tizimlari yaratilgan.
Tadbirkorlar uchun bojxona, soliq, sertifikatlash, fitosanitariya, veterinariya va transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi yagona markaz ochildi. Shuningdek, hududda direksiya, bojxona, karantin, fitosanitariya va veterinariya xizmatlari uchun ma’muriy binolar joylashgan.
Bank xizmatlari va valuta ayirboshlash shoxobchalari, mehmonxonalar, tibbiyot markazi, keng avtoturargoh va boshqa infratuzilma uchun sharoitlar yaratilmoqda. Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun interaktiv tizimlar joriy etildi.
Ta’kidlanishicha, zonada faqat Turkmaniston va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar sotiladi.
Mavzuga oid
12:12
Venada “Markaziy Osiyo – Shimoliy Yevropa” formatidagi birinchi uchrashuv o‘tkazildi
21:09 / 04.12.2025
Birinchi «Markaziy Osiyo – Yaponiya» sammiti Tokioda o‘tkaziladi
16:03 / 04.12.2025
Markaziy Osiyo uchun beriladigan 12 mlrd yevroning asosiy qismi Trans-Kaspiy koridori uchun sarflanadi – YeI
22:57 / 03.12.2025