Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Italiya makaronlari taqchilligi boshlanishi mumkin - WSJ
Bunga sabab sifatida Donald Tramp ma’muriyati tomonidan Italiya pastasiga qo‘llanayotgan katta bojlar keltirilyapti. AQSh hukumati 13 ta italiyalik pasta ishlab chiqaruvchisini narxlarni sun’iy pasaytirishda ayblab, yanvardan boshlab ularning mahsulotlariga 92 foizlik qo‘shimcha boj joriy etishini ma’lum qilgan.
Italiyaning yirik pasta ishlab chiqaruvchilari o‘z mahsulotlarini AQShga eksport qilishni to‘xtatishga tayyorlanishyapti, deya xabar berdi The Wall Street Journal.
Bunga sabab sifatida Donald Tramp ma’muriyati tomonidan Italiya pastasiga qo‘llanayotgan katta bojlar keltirilyapti. AQSh hukumati 13 ta italiyalik pasta ishlab chiqaruvchisini narxlarni sun’iy pasaytirishda ayblab, yanvardan boshlab ularning mahsulotlariga 92 foizlik boj joriy etishini ma’lum qilgan.
Natijada Yevropa tovarlariga allaqachon qo‘llanayotgan 15 foizlik boj bilan birgalikda, pastaga nisbatan 107 foizlik qo‘shimcha soliq solinishini mumkin. Bu esa eksportni foydasiz qilib qo‘yadi.
Italyan tadbirkorlari mamlakat Bosh vaziri Jorja Melonidan Trampni bunday bojlarni joriy etmaslikka ishontirishni so‘rashgan.
«AQSh biz uchun juda katta bozor. Agar uni jiddiy sabablarsiz bizdan tortib olishsa, bu haqiqiy fojia bo‘ladi», — deya ta’kidlagan Italiyaning yirik pasta ishlab chiqaruvchilaridan biri La Molisana kompaniyasi bosh direktori Juzeppe Ferro.
Mutaxassislar yangi cheklov Qo‘shma Shtatlarda mashhur bo‘lgan italyan pastasi narxini yanada oshiribgina qolmay, ushbu mahsulotlarning Amerika bozoriga yetkazib berilishini butunlay to‘xtatib qo‘yishi mumkinligidan xavotirlanyapti.
Mavzuga oid
23:15 / 14.07.2026
AQSh Davlat kotibi Haaga tribunalini tugatishga va’da berdi
22:08 / 14.07.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan kemalar o‘tishi uchun to‘lov olish fikridan qaytdi
10:10 / 14.07.2026
Lindsi Gremning o‘rnini uning singlisi egalladi
09:40 / 14.07.2026