Jahon | 21:47 / 18.11.2025
14434
3 daqiqa o‘qiladi

Dunyoda sayyohlar uchun eng ardoqli bo‘lgan mamlakat ma’lum qilindi

2025 yilda «Eng ardoqli mamlakat» unvoni Yaponiyaga nasib etdi. Ta’kidlanishicha, u yerda deyarli har qanday ta’tilni xohlagancha o‘tkazish mumkin.

Foto: Canva

Wanderlust tomonidan dunyoning eng ardoqli mamlakatlari ro‘yxati 200 mingdan ortiq sayohat ixlosmandlarini o‘z ichiga olgan Readers’ Choice Awards (RCA) mukofotining bir qismidir. Bu haqda Time Out yozdi.

Qayd etilishicha, ushbu mukofot butun dunyo bo‘ylab eng yaxshi «yo‘nalishlar, turoperatorlar va turistik brendlar»ga beriladi.

Bu yil «Eng ardoqli mamlakat» unvoni Yaponiyaga nasib etdi. Bu mamlakat so‘nggi marta 10 yildan ortiq vaqt oldin shu tariqa e’tirof qilingan edi.

Ta’kidlanishicha, Yaponiyada deyarli har qanday ta’tilni xohlagancha o‘tkazish mumkin. U yerda plyajlar, tog‘lar, ko‘p asrlik tarix va madaniyat, shuningdek, jahon darajasidagi tematik bog‘lar va dunyodagi eng katta shahar mavjud. Har xil odamlar sayohat qilishi hisobga olinsa, u shunchalik ko‘p ovoz olgani ajablanarli emas.

Wanderlust ma’lumotlariga ko‘ra, Tokio va Kioto kabi shaharlar mashhur bo‘lib qolsa-da, «sayyohlar endi Shikoku qirg‘oqlariga sayohat qilishadi, Kanazava ustalarini ziyorat qilishadi». Sayyohlar hatto Yaponiyaning «mamlakat ruhi eng yorqin his qilinadigan» ayrim chekka orollarini o‘rganmoqda.

Time Out ma’lumotlariga ko‘ra, Yaponiyada dunyodagi eng ajablanarli hudud ham bor: ro‘yxatda Tokioning kitoblar kvartali - Dzimbotyo yetakchilik qilmoqda. Mahalliy ekspert Syot Nagoa uni «Tokio ziyolilari avlodlarining sevimli sayr joyi» deb atadi. Tokio ham 2025 yilda dunyoning eng yaxshi shaharlari ro‘yxatidan joy oldi.

Mashhurlik bo‘yicha ikkinchi mamlakat Kosta-Rika bo‘ldi. Markaziy Amerikaning bu mamlakati hayratlanarli va yovvoyi tabiatga boy. Sayyohlik bo‘limi muharriri Greys Bird «dunyodagi eng buyuk eko-sarguzashtlardan biri» deb ataydigan Osa yarimoroli, Time Out versiyasiga ko‘ra, sayyoradagi eng kam baholangan joy ham shu yerda joylashgan. Uchinchi o‘rinni o‘zining tabiiy go‘zalligi bilan ham mashhur bo‘lgan Kanada egalladi.

Yer yuzidagi eng ardoqli mamlakatlar qaysi? Wanderlust o‘quvchilari fikricha, sayyoramizdagi eng ko‘p sayohat qilish mumkin bo‘lgan o‘nta joy: Yaponiya, Kosta-Rika, Kanada, Avstraliya, Peru, Janubiy Afrika, AQSh, Yangi Zelandiya, Braziliya, Ekvador.

Mavzuga oid