Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qaysi mamlakatlar eng ko‘p go‘sht iste’mol qiladi?
Go‘sht dunyoda eng keng tarqalgan oqsil manbalaridan biri bo‘lib qolmoqda, biroq unga bo‘lgan talab turli mintaqalardagi farovonlik darajasi, madaniy an’analar va mahalliy qishloq xo‘jaligi xususiyatlari ta’sirida shakllanadi.
Visual Capitalist BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) ma’lumotlariga asosan, aholi jon boshiga go‘sht iste’moli eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar infografikasini tayyorladi.
Qoramol go‘shtini iste’mol qilish bo‘yicha birinchi beshlik quyidagicha: Argentina (aholi jon boshiga 46 kilogramm), Zimbabve (44,4), AQSh (38), Isroil (36,1) va Braziliya (34,6).
Argentina an’anaviy argentincha barbekyu — asado madaniyati tufayli peshqadamlik qiladi, bu yerda qoramol go‘shti ham milliy ramz, ham kundalik ovqat hisoblanadi. Undan keyingi o‘rinda Zimbabve keladi, bu yerda qoramol go‘shti milliy ratsionning muhim qismini tashkil etib, mamlakatni keng Afrika mintaqasi uchun istisno holatga aylantiradi.

Tovuq go‘shtini iste’mol qilish bo‘yicha peshqadam beshlikka quyidagi mamlakatlar kiradi: Sent-Vinsent va Grenadin (aholi jon boshiga 94,1 kilogramm), Tonga (90,6), Marshall orollari (74,8), Samoa (74,8) va Isroil (70,8).
Bu mamlakatlarning barchasi, Isroildan tashqari, orol davlatlaridir. Tovuq go‘shti — yer resurslari cheklangan sharoitda parvarishlash osonroq bo‘lgan, nisbatan arzon va hamyonbop oqsil manbai.
Qo‘y va echki go‘shtini iste’mol qilish bo‘yicha besh asosiy iste’molchi quyidagilar hisoblanadi: Mo‘g‘uliston (aholi jon boshiga 68,5 kilogramm), Bahrayn (23,4), Yangi Kaledoniya (21,9), Turkmaniston (20,3) va Chad (19,0).
Mo‘g‘uliston barchadan ancha oldinda bormoqda — bu uning ko‘chmanchi chorvadorlik madaniyatini aks ettiradi. Qattiq, hosildor yerlari kam bo‘lgan landshaft qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishni qiyinlashtiradi, shu bois ratsion an’anaviy ravishda go‘shtga tayanadi.
Mavzuga oid
14:26 / 28.05.2026
1,5 mlrd dollarlik oltin sotuvi va keskin oshayotgan go‘sht importi - O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
08:36 / 28.05.2026
Jahon oziq-ovqat bozorini qaysi davlatlar nazorat qilmoqda?
08:07 / 05.05.2026
Niderlandiya poytaxtida go‘sht va avtomobillar reklamasi taqiqlandi
17:49 / 24.04.2026