Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon mamlakat Tashqi ishlar vazirligi rahbariyatida kadrlar o‘zgarishini amalga oshirdi. Jumladan, Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi o‘zgardi, shuningdek, TIVning birinchi o‘rinbosari lavozimiga yangi shaxs tayinlandi.
Nasriddin Ismatullo Foto: Tojikiston TIV
18 noyabr kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon mamlakat Tashqi ishlar vazirligi tuzilmalari rahbariyatiga kadrlar bo‘yicha bir qator o‘zgarishlar kiritdi.
Prezident farmonlariga muvofiq, Abdujabbor Rahmonzoda Tojikistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini davlat idoralarida katta tajriba va mehnat stajiga ega Nasriddin Ismatullo egallab, Tojikistonning O‘zbekistondagi yangi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.
Shu bilan birga, hukumat qarorlariga binoan Nasriddin Ismatullo Tojikiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Ushbu lavozimga davlat tuzilmalarida ko‘p yillar faoliyat yuritgan Farrux Hamrolizoda tayinlandi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur kadrlar o‘zgarishi Tojikiston tashqi siyosiy idorasi faoliyatini yanada takomillashtirish va qo‘shni mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Mavzuga oid
17:51 / 13.05.2026
«Do‘stlik – abadiy, dushmanlik – hech qachon» - Tojikiston va Xitoy o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi
07:22 / 09.05.2026
Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Rimda hibsga olindi
07:40 / 07.05.2026
Qirg‘iz-tojik-o‘zbek chegarasidagi «Do‘stlik» xalqaro savdo-iqtisodiy parki konsepsiyasi taqdim etildi
07:24 / 06.05.2026