Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uyali aloqa kompaniyalari to‘lagan soliqlari keskin kamaydi
2025 yilning dastlabki 9 oyida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan «O‘zbektelekom» 20 foiz, «Unitel» 49 foiz, «Coscom» 30 foiz, «UMS» qariyb 45 foiz kamroq soliq to‘ladi. Joriy yilning 1 yanvaridan mobil aloqa xizmatlari aksiz solig‘idan ozod etilgandi. Keskin qisqarish ushbu holat bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Soliq qo‘mitasi 2025 yil yanvar-sentabr oylarida xizmat ko‘rsatish sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan Top-20 korxona ro‘yxatini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, 2025 yilning 9 oyida 161 351 ta yuridik shaxs tomonidan 30,1 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 5,3 trln so‘mdan ortig‘i, ya’ni 17,8 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 65,2 trln so‘mni, foydalangan soliq imtiyozlari miqdori esa 5,7 trln so‘mni tashkil etgan.
Soliq tushumlari miqdori bo‘yicha «Asia Trans Gas» yetakchilik qildi. Hisobot davrida kompaniya tomonidan 1,05 trln so‘mdan ko‘proq soliq to‘langan. Keyingi o‘rinlarni «O‘zbektelekom» (848 mlrd so‘m) va «Uzbekistan Airways» (633 mlrd so‘m) egallagan. Shuningdek, kuchli beshlikdan «O‘zbekiston temiryo‘llari» (492 so‘m) va «Unitel» (292 mlrd so‘m) o‘rin olgan.

Iqtisodchi Otabek Bakirovning e’tibor qaratishicha, 2025 yilning 9 oyida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan uyali aloqa kompaniyalarining to‘lagan soliqlari quyidagicha o‘zgargan:

Ma’lumot uchun, 2025 yil 1 yanvardan mobil aloqa xizmatlari aksiz solig‘idan ozod etilgandi. Soliqlarning qisqarishi ushbu holat bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
00:21 / 30.11.2025
Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahallalar uchun rag‘batlar e’lon qilindi
23:46 / 29.11.2025
Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashga undovchi materiallar OAVda bepul joylashtiriladi
23:23 / 29.11.2025
Vazirliklar xodimlarining soliq qarzi haqida ma’lumot berib boriladi
23:06 / 29.11.2025