Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholi mablag‘lari hisobidan investitsiyalar bo‘yicha Toshkent viloyati yetakchi
2025 yilning yanvar–sentabr oylarida aholi mablag‘lari hisobidan asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar 26 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,6 foizga oshgan bo‘lib, hududlar kesimida Toshkent viloyati yetakchi hisoblanmoqda.
Foto: Kun.uz
Milliy statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, joriy yilning yanvar–sentabr oylarida aholi mablag‘lari hisobidan asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 26 trillion so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,6 foizga ko‘pdir.
Aholi mablag‘lari hisobidan yo‘naltirilgan investitsiyalarning hududlar kesimidagi hajmi quyidagicha taqsimlandi:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1 267,5 mlrd so‘m;
- Andijon viloyati – 1 996,2 mlrd so‘m;
- Buxoro viloyati – 2 695,7 mlrd so‘m;
- Jizzax viloyati – 940 mlrd so‘m;
- Qashqadaryo viloyati – 1 885,7 mlrd so‘m;
- Navoiy viloyati – 1 705,7 mlrd so‘m;
- Namangan viloyati – 2 424,1 mlrd so‘m;
- Samarqand viloyati – 1 320,1 mlrd so‘m;
- Surxondaryo viloyati – 1 860,8 mlrd so‘m;
- Sirdaryo viloyati – 252,4 mlrd so‘m;
- Toshkent viloyati – 3 497 mlrd so‘m;
- Farg‘ona viloyati – 1 829 mlrd so‘m;
- Xorazm viloyati – 2 326,1 mlrd so‘m;
- Toshkent shahri – 1 995,1 mlrd so‘m.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, aholi mablag‘lari hisobidan asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha Toshkent viloyati yetakchi sanaladi. Keyingi o‘rinlarni Buxoro, Namangan va Xorazm viloyatlari egallamoqda.
Sirdaryo viloyati esa aholi mablag‘lari hisobidan investitsiyalar hajmi eng past qayd etilgan hudud bo‘ldi.
Mavzuga oid
09:23 / 26.03.2026
2025 yilda eng ko‘p xonadon Namanganda foydalanishga topshirildi
20:03 / 25.03.2026
Enterprise Uzbekistan uchun maxsus huquqiy rejim 2100 yilgacha amal qiladi
19:47 / 25.03.2026
Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi
09:16 / 25.03.2026