Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fuqarolik va iqtisodiy nizolarni ko‘rish tartibi soddalashtiriladi
Qonunchilik palatasida fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilinib, unda da’vo miqdorini oshirish orqali nizolarni tezkor hal etish hamda iqtisodiy faollikni rag‘batlantirish nazarda tutilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi.
Loyiha sud ishlarini ko‘rib chiqish muddatlarini qisqartirish, fuqarolik va iqtisodiy nizolarni tezroq hal etish orqali iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ko‘zda tutiladi.
Hujjat bilan Fuqarolik protsessual va Iqtisodiy protsessual kodekslariga da’vo miqdoriga bog‘liq holda soddalashtirilgan ish yuritish tartibi qo‘llaniladigan ishlar doirasini kengaytirishga oid o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, da’vo bahosi nisbatan kichik bo‘lgan nizolar:
- jismoniy shaxslarga nisbatan — BHMning 5 baravarigacha;
- yakka tartibdagi tadbirkorlarga — BHMning 10 baravarigacha;
- yuridik shaxslarga — BHMning 20 baravarigacha bo‘lgan ishlar soddalashtirilgan tartibda ko‘rib chiqilmoqda.
Qonun loyihasiga ko‘ra esa soddalashtirilgan tartibda ko‘riladigan ishlar bo‘yicha da’voning maksimal bahosi quyidagicha belgilanmoqda:
fuqarolik nizolari bo‘yicha:
- yuridik shaxslarga nisbatan — BHMning 150 baravarigacha;
- yakka tartibdagi tadbirkorlarga — BHMning 100 baravarigacha;
- jismoniy shaxslarga — BHMning 50 baravarigacha;
iqtisodiy nizolar bo‘yicha:
- yuridik shaxslarga nisbatan — BHMning 150 baravarigacha;
- yakka tartibdagi tadbirkorlarga — BHMning 100 baravarigacha.
Ushbu o‘zgarishlar natijasida ko‘plab fuqarolik va iqtisodiy nizolar sudlarda soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilishi, sud qarorlarining esa odatdagidan tezroq qonuniy kuchga kirishi ta’kidlandi.
Majlisda qayd etilganidek, qonun loyihasining qabul qilinishi umumiy tartibda ko‘rilayotgan ishlar katta qismini soddalashtirilgan tartibga o‘tkazishga, sud qarorlarining kuchga kirish muddatini 30 kundan 10 kungacha qisqartirishga xizmat qiladi. Bu esa banklar balanslaridagi harakatsiz va muammoli aktivlar ulushini kamaytirish, iqtisodiy nizolarni tezkor hal etish, sud tizimidagi yuklamani qisqartirish hamda banklar va tadbirkorlik sub’yektlari uchun moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga ko‘maklashadi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilingani ma’lum qilindi.
Mavzuga oid
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026
3 kishini piyodalar yo‘lagida urib yuborib, ochiqda qolgan ayol qo‘shmachilik ustida ushlandi
13:12 / 18.05.2026