Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi korxonalarning eng katta ulushi savdo sohasiga to‘g‘ri keldi
2025 yil 1 noyabr holatiga mamlakatda faoliyat yuritayotgan 465,9 mingta korxona va tashkilotning 32,5 foizi savdo sohasida ish olib bormoqda.
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil 1 noyabr holatiga O‘zbekistonda jami 465,9 mingta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.
Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ularning eng katta qismi savdo tarmog‘iga to‘g‘ri keladi. Rasmiy raqamlarga ko‘ra, korxonalarning 32,5 foizi savdo sohasida faoliyat yuritmoqda.
Qolgan korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:
- sanoat sohasida – 12,6 foiz;
- qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 7,3 foiz;
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 6,4 foiz;
- qurilish sohasida – 6,4 foiz;
- tashish va saqlash sohasida – 3,6 foiz;
- axborot va aloqa sohasida – 2,5 foiz;
- sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 2,8 foiz;
- boshqa sohalarda – 25,9 foiz.
Rasmiy ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, savdo sektori mamlakatdagi korxonalar umumiy tuzilmasida yetakchi o‘rinni egallab, biznes faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid
11:30 / 04.12.2025
O‘zbekistonda ta’lim olayotgan xorijliklar: eng ko‘p Hindiston va Turkmaniston fuqarolari
09:59 / 04.12.2025
Navoiy viloyati aholi jon boshiga investitsiyalar hajmi bo‘yicha yetakchilik qilmoqda
10:06 / 03.12.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p safar qilayotgan davlatlar ma’lum qilindi
14:35 / 02.12.2025