Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tergov hibsxonalaridagi sharoitlar yengillashishi mumkin
Qonunchilik palatasida Ombudsman tomonidan kiritilgan “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimchalar loyihasi ko‘rib chiqilib, tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar va yengilliklar nazarda tutilgan me’yorlarni takomillashtirish ma’qullandi.
Foto: Adobe Stock
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunchilik taklifini ko‘rib chiqdilar.
Loyiha tergov hibsxonalarida ushlab turilgan va qamoqqa olingan shaxslarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan amaldagi normalarni takomillashtirishni nazarda tutadi.
Xususan, quyidagi yangi imkoniyatlarni joriy etish taklif etilmoqda:
- bayram kunlarida toza havoda qo‘shimcha sayr qilish huquqini berish;
- yaqin qarindoshlari va boshqa shaxslardan kiyishga ruxsat etilgan kiyim-bosh va poyabzal olish imkoniyatini yaratish;
- har oyda oziq-ovqat va eng zarur narsalarni sotib olish uchun ruxsat etilgan pul miqdorini oshirish.
Qayd etilganidek, ushbu o‘zgarishlar qamoqqa olingan shaxslarni axloqan tuzatish ishlari samaradorligini oshirish, ularning insoniy qadr-qimmatini hurmat qilish, shuningdek milliy qonunchilikni xalqaro standartlar va ilg‘or tajribaga muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Majlis yakunida qonunchilik taklifi deputatlar tomonidan ma’qullandi va tegishli qaror qabul qilindi.
Mavzuga oid
14:30 / 25.11.2025
Avtomobilni sotishda yurgan masofasini yashirganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
15:31 / 19.11.2025
Toshkent “Markaziy Osiyo - Xitoy” platformasida institutsional ishtirokini kengaytiradi
14:43 / 06.11.2025
O‘zbekiston energetikasida vodorod ishlab chiqarishni joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi
09:53 / 08.10.2025