Iqtisodiyot | 11:45 / 20.11.2025
25277
2 daqiqa o‘qiladi

Deyarli barcha banklarda dollar kursi 12 ming so‘mdan pastga tushdi

20 noyabr kuni O‘zbekistondagi deyarli barcha tijorat banklari AQSh dollarini 11 970 so‘m yoki undan pastroq kursda sota boshladi. Kecha sotuv kursi o‘nga yaqin bankda 12 000 so‘m edi, bugun esa Amerika valutasini bu psixologik chegaradan yuqorida sotayotgan banklar deyarli qolmadi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda 12 ming so‘mdan yuqori dollar kursi tijorat banklarida deyarli qolmadi – bugun, 20 noyabr kuni deyarli barcha banklar AQSh valutasini bu psixologik chegaradan quyi kurslarda sotmoqda.

Kecha, 19 noyabr kuni o‘nga yaqin bank dollarni 12 000 so‘mlik kursda sotayotgan edi. Bugun esa, deyarli barcha banklarda Amerika valutasi 11 935 so‘mdan 11 970 so‘mgacha bo‘lgan kurslarda sotilmoqda. Octobank esa eng arzon kursni taklif etyapti: 11 915 so‘m.

Xarid kurslari esa 11 855 so‘mdan boshlanadi. Dollarni so‘mga ayirboshlash uchun eng manfaatli kursni Anorbank va Infinbank taklif etyapti: 11 880 so‘m.

Markaziy bankning 20 noyabr kuni uchun rasmiy kursi – 11 910.93 so‘m.

20 noyabr kuni valuta birjasining ochilish auksioni kursi 11 914.00 so‘mni tashkil etdi.

Mavzuga oid