Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Inson faoliyati tufayli Yerning aylanish o‘qi 80 smga siljigani aniqlandi
Muzliklarning erishi va yerosti suvlarining kamayishi Jahon okeani sathini ko‘tarmoqda. Olimlar tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, suvning qayta taqsimlanishi Yerning aylanish o‘qini ham siljitmoqda.
Foto: Vito Technology
Xalqaro tadqiqotchilar guruhi aniqlashicha, 1993 yildan 2010 yilgacha bo‘lgan davrda Yerning aylanish o‘qi taxminan 78,48 santimetrga siljigan. Buning sabablari orasida sug‘orish va ichimlik uchun yerosti suvlarini katta hajmda olish ham bor. Tadqiqot Geophysical Research Letters jurnalda chop etilgan.
Iqlim modeli baholariga ko‘ra, 1993–2010 yillar orasida yerosti suvlarining umumiy kamayishi 2 150 gigatonnaga yetgan. Bu Jahon okeani sathining 6,24 millimetrga ko‘tarilishiga teng.
Tadqiqotning bosh muallifi, Seul milliy universiteti (Seoul National University) geofizigi So Ki Von tushuntirishicha, hozirgi paytda yerosti suvlarining qayta taqsimlanishi qutblar dreyfiga (siljishiga) boshqa iqlimiy omillarga nisbatan eng katta ta’sir ko‘rsatmoqda.
So ta’kidlashicha, Yerning aylanish qutbidagi o‘zgarishlarni kuzatish orqali qit’alar miqyosida suv zaxiralari qanday tebralishini tushunib olish mumkin. Bu ma’lumotlar yordamida ekologlar va suv resurslarini boshqaruvchi tashkilotlar dengiz sathining yanada ko‘tarilishi va boshqa iqlimiy oqibatlarni cheklashga qaratilgan choralarni ishlab chiqishi mumkin.
Mavzuga oid
18:30 / 30.11.2025
Orol dengizining qurigan tubida ilmiy-tadqiqot stansiyasi ish boshladi
07:15 / 22.11.2025
Yerdan tashqari okeanlar: Quyosh tizimida suvning asosiy zaxirasi qayerda?
03:05 / 16.11.2025
Olimlar qarishni tezlashtiruvchi kutilmagan omilni aniqlashdi
07:50 / 27.10.2025